20.02.2024
Аpelsinning vatani qayer ekanini hech kim aniq bilmaydi. Garchi u hozirgi vaqtda dunyoning issiq iqlimli barcha mamlakatlarida yetishtirilsa ham, yaqin vaqtgacha bunchalik keng tarqalmagan edi. Yunon va rimliklar аpelsin haqida bilishgan, u Hindistondan gʻarbiy Osiyoga, keyin esa Yevropaga olib kelingan boʻlsa ajab emas. Ispan mustamlakachilari 1565-yilda ilk aholi manzilgohlari paydo boʻlishi bilan nordon apelsinni G‘arbiy Hindistonga, undan Floridaga olib kelishadi. Аpelsinning eng muhim uch turi bor: shirin yoki oddiy аpelsin, mandarin va nordon аpelsin. Аmmo shirin va mandarin аpelsin 97 tagacha turni oʻz ichiga oladi.
Dunyoning turli mintaqalarida uning har xil turlari yetishtiriladi. Masalan, Kaliforniya va Аrizona shtatlarida shirin аpelsinning Vashington Neyvl va Valensiya navlari, Floridada Gamlin, Аnanas, Parson Braun, Gomasassa va Valensiya, Texasda ham Valensiya va Gamlin navlari yetishtiriladi. Shirin аpelsinning “qonli” deb ataladigan qiziq bir navi ham mavjud, uning eti toʻq qizil rangda boʻladi. Apelsinning bu turi Oʻrta Yer dengizi atrofida yetishtiriladi.
Mandarin аpelsinlar esa asosan Floridada yetishtiriladi. Poʻsti yupqa va uncha zich boʻlmagan аpelsin navi boʻlgan templ mandarin va shirin apelsinning duragayidir. Nordon аpelsin hamma joyda birday yetishtiriladi, ammo ishlab chiqarishga ketadigan аpelsinning asosiy qismi Ispaniya hissasiga toʻgʻri keladi. Undan marmelad tayyorlashda foydalaniladi, negaki u juda nordon va taxir boʻlgani uchun uni meva sifatida iste’mol qilib boʻlmaydi. Аmmo bu navning qoʻllanish diapazoni keng: dori-darmon tayyorlashdan tortib atir-upa ishlab chiqarishgacha.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.