Nega qahvaning ta’mi har xil?

Qahva ming yillardan beri insonlarning eng sevimli ichimliklaridan biri boʻlib kelmoqda. U ilk bor Аrabistonda kashf etilgan va shu yerda keng tanilgan, ammo Yevropada faqat XVI asrda paydo boʻlgan. Qahvaning bu mintaqada paydo boʻlishi toʻpolonlarga sabab boʻldi. Vaqti-vaqti bilan unga taqiq qoʻyishar, ba’zan esa dori sifatida qoʻllashardi. Oxir-oqibat u Аngliya qahvxonalarida eng mashhur ichimlikka aylandi.

Bir banka qahva sotib olganingizda siz unda faqat qahvani koʻrasiz. Аmmo uning har bir navi oʻziga xos ta’mga ega. Buning sababi tayyorlash, qovurish usuli va h.k. Аmmo eng asosiy sabab qahva navida. Turli mamlakatlarda oʻsadigan qahvaning nafaqat turli navi, balki turi ham boʻladi. Masalan, odatda qahva dengiz sathidan 450–1800 metr balandlikda yetishtiriladi. Аmmo eng yaxshi qahva 900–1800 metr balandlikda oʻsishi ma’lum.

Qahva navlari faqatgina shu bilan farqlanmaydi. Mamlakatning bitta mintaqasida, ammo turli plantatsiyalarida oʻsgan qahva ham bir-biridan farq qiladi. Qahva sanoatida u ikkita asosiy guruhga boʻlinadi. Birinchi guruhga Braziliyada yetishtiriladigan qahva kiradi va u “Braziliya qahvasi” deb ataladi. Ikkinchi guruhga esa boshqa mamlakatlarda yetishtiriladigan qahva kiradi va Maylds deb ataladi. 

Umuman olganda, Maylds qahvasi Braziliya qahvasiga qaraganda yaxshiroq sanaladi. Аmmo Braziliya qahvasining koʻpgina navlari Maylds navlaridan yuqori turadi. Har bir nav turli qahva navlarining aralashmasiga ega. Qahva ta’mini tatib koʻrish va aralashtirish uchun ham mahorat talab etiladi. Qahvani qovurish (tobida boʻlishi kerak) va tuyish uchun ham mahorat kerak. Tabiat qahvani yaratadi, inson esa uni xushta’m qiladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!