Paprika nima?

Haqiqiy qalampir ilmiy nomi Piper Nigrum boʻlgan oʻsimlikdan olinadi. Аmmo garmdorining (qalampirning sinonimi) boshqa turlari turli oilalarga mansub oʻsimliklardan olinadi. Masalan, qizil qoʻzoqli qalampir qoʻzoqlilar oilasiga mansub. Shuningdek, Kayyon va Tabasko garmdorilari ham bor. Garmdorining yana bir turi yogʻda qovurib konservalanganda “pimientos” deb ataladi. “Pimientos” garmdori oʻsimligining ispancha nomi. Nihoyat, paprika — qizil qalampir ham bor. Pishgan paprika qizil, juda achchiq, ammo garmdorining boshqa turlariga nisbatan yumshoq boʻladi. Shuning uchun paprikani boshqa garmdori turlariga qaraganda koʻproq iste’mol qilishadi.

Qalampir dunyodagi eng muhim ziravorlardan biri hisoblanadi. U tuzdan keyin ovqatga eng koʻp ishlatiladigan qoʻshimchadir. Qadim zamonlar va oʻrta asrlarda qalampirni faqat boylar iste’mol qilgan. Karvonlar qalampirni Uzoq Sharqdan Yevropaga olib kelgan va shuning uchun u qimmat turgan, bir kilogramm qalampir shohona in’om hisoblangan. Boshqacha aytganda, qalampir tilloga teng ne’mat boʻlgan. Odamlar qalampirni soliq oʻrnida toʻlashgan, hukmdorlarga hadya sifatida berishgan. Qoʻshinlar dushmanni yengganda va jangchilarga oʻlja ulashilganda, qalampir ular olishi mumkin boʻlgan eng katta mukofotlardan biri boʻlgan.

Portugallar qalampirni arzonroq bahoda sotib olish maqsadida Hindistonga dengiz orqali boriladigan yoʻl izlashgan. Ular Yaxshi umid burni¹ orqali Hindistonga yoʻl ochgach, Yevropada qalampirning narxi keskin tushib ketadi. Bugungi kunga kelib u shunaqa arzon turadiki, uni sotib olayotganimizda hatto narxini surishtirib ham oʻtirmaymiz.

Qalampir chirmashib oʻsadigan butaning mevasi yoki urugʻidan olinadi. Qora murch esa pishmay turib terib olingan va qoraytirib quritilgan mevalardir. Oq garmdori esa garmdorini maydalashdan oldin poʻstlogʻini archish vaqtida olinadi. 🌶


¹Yaxshi umid burni — Janubiy Afrika Respublikasi poytaxti Keyptaun janubidagi Keyp yarim orolida joylashgan burun.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!