20.02.2024
Oʻsimliklarga ildiz yerda tayanch vazifasini bajarish hamda tuproqdan suv va mineral tuzlarni yutish uchun kerak. Аksariyat daraxtlarning ildizi tuproqda oʻsadi. Ular oʻsimlikka oʻsishida yordam beradi. Ildizlar choʻzilib, tarmoqlanib, tuproqqa kirib boradi va undan mineral moddalarni soʻrib oladi. Yosh ildizdan oʻsib chiqadigan minglab tukchalar tuproqdagi moddalarni soʻrib oladi. Shuning uchun ham yerdan yosh nihol sugʻurib olinganda, tuproq zarralari koʻpincha ildiz tukchalariga yopishib chiqadi.
Аyrim oʻsimliklarda oʻq ildiz boʻladi. U boshqa tarmoqlanib ketgan ildizlarga nisbatan katta boʻladi. Boshqa oʻsimliklarning esa bitta emas, bir nechta bir xil oʻlchamdagi oʻq ildizi boʻladi. Bu ildizlar bogʻlamsimon ildiz tizimini tashkil qiladi. Bunday tizim odatda oʻtlarda boʻladi. Bunday toʻpildizlar koʻp boʻlgan tuproq shu yoʻl bilan eroziyadan himoyalanadi. Koʻp oʻsimliklar, masalan, yorongulning ildizi poyasidan oʻsib chiqadi.
Ildizlar oʻsgani sari yoʻgʻonlashib boradi va koʻp miqdordagi shakar va kraxmalni yigʻadi. Bunga lavlagi va shirin kartoshkani misol qilib keltirish mumkin. Shirin kartoshka ildiz, ammo koʻzli irland kartoshkasi poyadir.
Hamma oʻsimliklarning ildizi ham tuproqda oʻsavermaydi. Daraxtlarda oʻsadigan ayrim tropik orxideyalarning ildizi osilib turadi. Ular havoda oʻsib, namlikni ham undan shimib oladi.
Ingliz pechagi va zaharli pechak ochiq ildizlari bilan devorlarga yoki daraxtlarga yopishib oladi. Ba’zi oʻsimliklar oʻziga xos ildizga ega boʻlib, yer ostida rivojlanadi va tirgak hosil qilib, tuproq ichiga qarab oʻsadi. Koʻp ildizlar, masalan, shirin kartoshkaning ildizlari kurtak hosil qiladi, ular yaproqli shoxlarga aylanadi va oʻsimlik koʻpayishi uchun xizmat qiladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.