20.02.2024
Gullovchi oʻsimlik urugʻidan, guli boʻlmagan oʻsimliklar esa sporadan koʻpayadi. Spora bu — bir hujayrali organizmlar, ularni oddiy koʻz bilan koʻrib boʻlmaydi, faqat mikroskop ostida koʻrish mumkin. Sporalar atrofimizdagi havoda ham mavjud, shuning uchun ovqatning usti yopilmay qolsa va ustida mogʻor hosil boʻlsa, biz uning qayerdan paydo boʻlganini bilamiz. Havoda uchib yuradigan sporalarning ayrim turlari ovqatga tushib, oʻsa boshlaydi.
Zamburugʻ, qirqquloq va yoʻsinlar sporalar yordamida koʻpayadi. Dengiz oʻtlarini ham sporalar hosil qiladi. Oʻsimliklarning sporalari sporangiyda (sporadon) rivojlanadi. Qoʻziqorinda sporangiy qoʻziqorin qalpoqchasining ostidagi gimenial plastinaning ichida boʻladi. Yoʻsinlarda sporalar poya uchidagi kapsulada rivojlanadi. Sporalar yetilgach, sochilib ketadi. Shamol ularni uzoq-uzoqlarga tarqatadi. Suv oʻtlariga oʻxshash suv oʻsimliklari sporalari esa suvda suzib, har tarafga tarqaydi, ularning zoosporalar deb ataladigan mitti dumchasi, yaʼni kiprikchalari boʻladi. Ular yetilgach, oʻsimlikdan nariga oqib ketadi. Vaqt oʻtishi bilan ular oqishdan toʻxtaydi va dumchasini yoʻqotadi. Shunda undan yangi oʻsimlik oʻsa boshlaydi.
Аyrim sporalar hujayralarga boʻlinish yoʻli bilan koʻpayadi, ular hujayra ichidagi oʻsmada rivojlanadi. Bu oʻsmalar hujayra oynasi ustida kattalashib boradi va ulardan yangi oʻsimlik oʻsib chiqadi. Bu jinssiz koʻpayish deb ataladi, chunki bu yerda koʻpayish uchun erkak va urgʻochi hujayralarga boʻlinish talab etilmaydi.
Boshqa sporalarning erkak va urgʻochi hujayralari bor. Yangi oʻsimlik paydo boʻlishi uchun erkak va urgʻochi hujayralar birikishi va bir-birini urugʻlantirishi kerak. Аyrim oʻsimliklarda avlodlar almashinuvi yuz beradi: bir avlodda bir jinsli hujayralar, keyingi avlodda esa ikki jinsli hujayralar boʻladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.