20.02.2024
Har bir tirik organizm oʻzini takror yaratadi. Har bir gul toʻrt asosiy qismdan iborat. Аvvalo, bu gulbarglardan tashkil topgan yashil tashqi gulkosadir. Gulkosaning ichida gulbarg boʻladi, uning ichida esa urugʻ tashkil qiluvchi aʻzolar joylashadi. Gulning markazida — bir yoki bir nechta onalik urugʻi boʻladi. Uning atrofida changchi¹ joylashadi.
Urugʻchi — gulning onalik qismidir. Uning quyi, keng qismi “urugʻdon” deb ataladi. Urugʻdonning ichida urugʻ rivojlanadigan yumaloq murtak boʻladi. Аmmo ular gulchang donlari bilan urugʻlantirilgandan keyingina urugʻ holiga keladi. Gulchang donlari gulning otalik qismi — changchining ichida rivojlanadi. Urugʻni shakllantirish uchun urugʻ donlari urugʻchining tepa qismidan oʻtib, murtakka tushishi lozim. Urugʻchining yuqori qismi ogʻizcha deyiladi.
Gulchang donlari dastlab ogʻizchaga tushadi. Ular ogʻizchaning yuza qismidagi shirin suyuqlik namni oʻziga singdirib oladi. Keyin esa nam tortib, shishadi va oʻsa boshlaydi. Changdon naychaga aylanadi. Naycha urugʻchi ustunchasi orqali oʻsib, urugʻdon devorlari orqali murtakka tushadi. Naycha tarkibidagi moddalar murtakka tushib, uni urugʻlantiradi. Koʻp gulchang naylari urugʻdonda bir vaqtda unishi mumkin. Har bitta naycha amal otib, bitta murtakni changlantiradi. Faqat oʻsha oʻsimlikning gulchangi naychaga aylanadi va urugʻdonga yetib boradi.
Gulchang ajratib chiqaradigan urugʻchi aʻzosi changdon deb nomlanadi. Gulchangni changdondan ogʻizchaga koʻchirib oʻtkazish changlatish deyiladi. Аgar changlatish bitta gulda yuz bersa, u oʻz-oʻzini changlatish, agar urugʻchi boshqa oʻsimlikning guliga oʻtsa, chetdan changlanish deyiladi. Chetdan changlanish shamol, hasharotlar, qushlar va ba’zi hayvonlar tufayli amalga oshishi mumkin. Keyinroq urugʻ boshqa joyga tushib, u yerda tomir otadi va gul boʻlib oʻsadi.
[1] Changchi — gulli (urugʻli) oʻsimliklar gulining asosiy qismi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.