20.02.2024
Torf bu — koʻmir emas. Uni koʻmir olish jarayonining bosqichi deb atash mumkin. Koʻmir million yil avval botqoqzor chakalaklarda, issiq va nam mintaqalarda oʻsgan qadimiy daraxt hamda oʻsimliklarning qoldigʻidir. Bu daraxt va oʻsimliklar vaqt oʻtishi bilan botqoq suvlariga tushgan. Bakteriyalar yogʻochni chiritishi jarayonida gaz hosil boʻlib, asosiy qismini uglerod tashkil etuvchi qora aralashma paydo boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan loy va qum bosimi ostida aralashmadan suyuqlik chiqib ketadi, yopishqoq massa qattiqlashib, koʻmirga aylanadi. Bu jarayon ming yil ichida boʻlib oʻtadi. Аmmo koʻmir paydo boʻlishining dastlabki bosqichini hozirgi kunda ham kuzatish mumkin.
Torf AQShning Virjiniya va Shimoliy Karolina shtatlaridagi Buyuk zimiston botqogʻida hamda AQShning shimoliy shtatlaridagi va Kanadaning minglab botqoqlarida hosil boʻladi. Bu botqoqlarda oʻsimliklar koʻp miqdorda uglerod chiqarib, chirish jarayonida boʻladi. Bu jarayon bir necha yil davom etgach, shox-shabba va barglarning aralash jigarrang massasi hosil boʻladi. Аna shu torfdir. Bunday botqoqdan suv haydab chiqarilsa, torfni boʻlaklarga boʻlish, qurishi uchun yoyib qoʻyish va yoqish mumkin. Quritish zaruriy, chunki yerdagi torfning toʻrtdan uch qismi suvdan tashkil topgan.
Torf koʻp, ammo koʻmir qimmat boʻlgan Irlandiyada fermerlarning yarmidan koʻpi undan yoqilgʻi sifatida foydalanadi. Koʻmirning qolgan turi torfning hosila qismidir. Аgar torf paydo boʻlgan joyida qoldirilsa, u bora-bora lignit (koʻmirning turi) yoki qoramtir koʻmirga aylanadi. U torfdan koʻra ancha qattiq, ammo yumshoq boʻlganidan uzoq masofaga tashilganda uvalanib ketadi.
Koʻmirning yana bir turi bitumli yoki yumshoq koʻmirdir. U ming yil davomida yerda kimyoviy oʻzgarishlar va bosim ostida lignitdan hosil boʻladi. Bu koʻmir oilasining eng muhim a’zosidir, u oson yonadi va sayyoramizda koʻp miqdorda uchraydi. Аgar bitumli koʻmir yerda boʻlsa va yetarlicha bosimga uchrasa, u asta-sekin qattiq koʻmirga yoki antratsitga (koʻmirning qadimiy turlaridan biri) aylanadi. U tutun chiqarmay va bitumli koʻmirdan koʻra uzoq yonadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.