Lignit nima?

Olimlar tomonidan oʻtkazilayotgan eng muhim tadqiqotlardan biri energiyaning yangi manbalarini izlab topishga qaratilgan. Ular tabiiy manbalar qachonlardir tugashini hisobga olib, arzon va samarali energiya manbalarini kashf qilishmoqchi. Siz hech tashlandiq koʻmir shaxtasini koʻrganmisiz? Bir vaqtlar u yerdan ulkan pechlarda yoqish va binolarni isitish uchun koʻmir qazib olishgan. Аmmo hozir ham unda qazib olish uchun yetarli koʻmir bor. Inson foydalanayotgan koʻmir hozirgacha yoqilgʻining eng muhim turi hisoblanadi.

Keling, koʻmir turlarini koʻrib chiqaylik. Shubhasiz, bir necha million yil davom etadigan jarayon hamma joyda ham bir xil mahsulot yaratmaydi. Masalan, torf koʻmirning eng yoshi hisoblanadi. Bu oʻsimlikdan hosil boʻlgan torf yerda boshqa koʻmirlardan koʻra kamligini anglatadi. Torf yoqilgʻining qattiq turlari orasida eng qimmatlisi sanaladi. Lignitni baʼzida kulrang toshkoʻmir deb ham atashadi, u torfdan yosh jihatdan ancha katta va yoqilgʻi sifatida yuqori baholanadi. Qattiq turdagi yoqilgʻilar orasida eng qimmati bitumli koʻmirdir. Nihoyat, eng qattigʻi va kelib chiqishi boʻyicha eng keksasi antratsit toshkoʻmirdir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!