Skelet nega kerak?
Skeletning vazifalari.
2 min
Bu nima?

Skeletning ikki asosiy vazifasi bor — tanani tik holatda ushlab turish va ichki aʼzolarni himoya qilish. Skelet asosan suyaklardan tashkil topgan sinchdir. Chaqaloq tugʻilganida uning skeletida 270 taga yaqin suyak boʻlib, ayrimlari juda kichik boʻladi. Ularning baʼzilari birlashib bitib ketgani uchun voyaga yetgan odamda suyaklar soni odatda 206 taga tushadi. Boʻgʻimlarda suyaklar bogʻich yoki chilvirni eslatuvchi paylar bilan ushlab turiladi. Ayrim boʻgʻimlar juda harakatchan.

Masalan, yugurganimizda oyoqlarimizni tizza va son boʻgʻimlari orqali harakatlantiramiz. Toʻpni tashlaganimizda esa qoʻlimizmning yelka va tirsak boʻgʻimlari harakatlanadi. Baʼzi birikma yoki boʻgʻimlar umuman harakatsiz. Umurtqa pogʻonasi asosidagi suyaklar bir-biriga kirib birlashib, yaxlit plastinkani hosil qiladi. Ularning hech biri harakat qilmaydi. Boshimizdagi jagʻdan tashqari barcha birikmalar ham harakatsizdir. Skelet tomonidan taʼminlanadigan himoya miyani himoya qiladigan bosh suyagining qattiq suyak qoplamasidan tashkil topgan.

Qovurgʻa qafasi yurak va oʻpkani himoya qiladi. Umurtqa pogʻonasi esa asab tolalari uchun magistral boʻlgan orqa miyani himoya qiladi. Umurtqa pogʻonasi aslida kichikroq suyaklardan tashkil topgan zanjirdir.Biz uchun suyak bu — tirik materiya ekanini tasavvur qilish qiyin, ammo bu shunday. Odamning yoshligida uning suyaklari oʻsadi. Masalan, odam tugʻilib, to voyaga yetganicha tos suyagi uch baravar kattalashishi mumkin. Suyaklar kalsiy va boshqa minerallar bilan taʼminlangani sayin uning uzunligi va qalinligi ortib boradi. Suyak tirik toʻqima boʻlgani uchun u oziqlanishi kerak. Suyak tashqi tomondan hujayralarga ozuqa moddalarini yetkazib beradigan koʻplab mayda qon tomirlar joylashgan yupqa qattiq qoplamaga ega. Ichki tomoni gʻovak boʻlgan suyak ilik bilan toʻldirilgan. Suyak iligining bir qismi yogʻ zaxiralaridan iborat, qolgani esa qizil qon hujayralarini hosil qiladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!