Nega husnbuzar paydo bo‘ladi?

Hech kim yuzida husnbuzar yoki boʻjama paydo boʻlishini xohlamaydi. Ularning nega paydo boʻlishi hamda buning oldini uchun nima qilish kerakligini bilsak, yaxshi boʻlar edi. Ammo bu yechimi oson muammo emas. Boʻjama ham, husnbuzar ham koʻpincha tuk qopchalarida paydo boʻladi. U yerda yogʻ bezlari ishlab chiqargan yogʻ moddasi toʻplanadi. Tuk qopchasining ogʻzi yopilib qolib, unda yogʻ ajratmalari yigʻilganda, biz boʻjama deb ataydigan boʻrtmacha hosil boʻladi.

Husnbuzar bu — koʻpchilik hollarda yiring toʻplanadigan terining kichik, koʻtarilgan joyi. Ammo boʻjamaga qaraganda husnbuzarning paydo boʻlish sababini izohlash ancha qiyin. Ular koʻp sabablarga koʻra, jumladan, notoʻgʻri ovqatlanish, bezlar faoliyati muvozanatining buzilishi yoki kichik teri infeksiyalari natijasida paydo boʻlishi mumkin. Shuningdek, husnbuzar teri rivojlanishidagi jiddiy buzilishlar belgisi va hatto jiddiy kasalliklar alomati boʻlishi ham mumkin. Shuning uchun tanada husnbuzarlar miqdori koʻpaysa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Shifokor ularning paydo boʻlish sababini aniqlashga harakat qiladi.

Husnbuzarlar baʼzi ichki sabablarga koʻra yuzaga kelgan boʻlsa, unda biron-bir tashqi dori vositalaridan foydalanish foyda keltirmay, aksincha, terining shikastlanishiga olib keladi. Husnbuzarlarni siqish mumkin emas, chunki bu tanaga infeksiya tushishiga sabab boʻlishi mumkin.

Oʻsmirlik davrida koʻplab yoshlarda husnbuzarlardan tashqari, yiring bogʻlagan yaralar, oʻsmalar, tugunchalar ham paydo boʻladi. Buning sabablari individualdir: baʼzilarda bu hodisa ovqatlanish bilan bogʻliq, boshqalarda esa bezlarning notoʻgʻri ishlashi sababli boʻlishi mumkin. Husnbuzar paydo boʻlgan kishi davolanish usulini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashishi kerak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!