Parotit paydo bo‘lishining sababi nima?
Parotit paydo bo'lishi sabablari.
2 min
Bu nima?

Parotit bu — soʻlak bezlarining shishishiga sabab boʻladigan yuqumli kasallik. Koʻpchilik hollarda kasallik oʻchogʻi quloq yonidagi soʻlak bezlarida boʻladi. Parotitning sababi bu bezlarga tushgan virusdir. Bu infeksiya asosan kasallik yuqtirgan odamlar bilan bevosita aloqa qilish orqali yuqadi. Virus soʻlak va burunning shilliq ajratmalarida boʻladi. Parotit bilan kasallanganlarning quloqlari va jagʻlari atrofida avval bir tomonda, keyin esa boshqa tomonda ham yaqqol shish  paydo boʻladi. Bu holat hammaga maʼlum. Bu koʻpincha kasallikning birinchi alomatidir. Shu bilan birga, tana haroratining taxminan 40 °C darajagacha keskin koʻtarilishi hamda bosh ogʻrigʻi, qayt qilish istagi paydo boʻlishi mumkin.

Parotit — asosan bolalar va oʻspirinlarda uchraydigan kasallik. Ammo ayrim hollarda unga kattalar ham chalinishi mumkin. Odatda, parotit 5-15 yosh oraligʻida rivojlanadi. Ayniqsa, 7 yoshdan 9 yoshgacha boʻlgan bolalarda koʻproq kuzatiladi. Koʻpgina hollarda, bu kasallikka chalingan odamda parotitga qarshi immunitet hosil boʻladi. Bolalarda oʻz vaqtida aniqlangan va toʻgʻri davolangan parotit bezarar kasallik hisoblanadi. Ogʻir yoki asoratli holatlar bundan istisno. Bunday vaziyatda maxsus tibbiy aralashuv talab qilinmaydi.

Bemorga shish qaytib, harorat tushguncha yotib davolanish tavsiya etiladi. Parotit bir odamdan boshqasiga yuqishi mumkinligi sababli va kasallik tarqalishining oldini olish maqsadida bemorlar odatda karantinda boʻladi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!