Nega oshqozon yarasi paydo bo‘ladi?

Yevropa va Amerika aholisining taxminan 10–12 foizi hayotining biror davrida oshqozon yoki ichak yarasidan aziyat chekadi. Oshqozon yarasi nima va uning paydo boʻlishi sabablari nimada? Ovqatni hazm qilish uchun oshqozonda ishlab chiqariladigan meʼda shirasi tarkibi xlorid kislotasi, shilimshiq va pepsin deb ataladigan fermentdan iborat. Pepsin oziq-ovqat tarkibidagi oqsilni oddiyroq moddalarga parchalaydi. Ammo baʼzida pepsin va kislota aralashmasi ovqat hazm qilish trakti devorlariga taʼsir qilib, unda yaralar hosil qilishi mumkin. Ular odatda oshqozon devorida paydo boʻladi. Odatda oshqozoni yoki ichagida bunday yaralar paydo boʻlgan odamlarda xlorid kislota konsentratsiyasi normal darajadan yuqori boʻladi.

Oshqozon yarasi paydo boʻlishining yoki paydo boʻlgan yarani davolash jarayoni qiyinlashishining boshqa sabablari ham bor. Shunday qilib, asabiy va shuhratparast odamlar xotirjam odamlarga qaraganda oshqozon yarasi kasalligiga koʻproq moyil bo‘ladi. Chekish ham oshqozon yarasi ahvolini yomonlashtiradi yoki davolashni qiyinlashtiradi. Qattiq ovqat ham davolashga toʻsqinlik qiladi. Ammo bu kasallik har qanday odamda va har qanday yoshda (oʻn yoshgacha juda kamdan-kam hollarda) paydo boʻlishi mumkin.

Bu dard bilan erkaklar ayollarga qaraganda toʻrt baravar koʻproq kasallanadi. Oshqozon yarasi borligini qanday aniqlash mumkin? Ogʻriq bu haqida xabar beradi! Ogʻriq ovqatdan 30–60 daqiqa oʻtgach paydo boʻlishi mumkin. Bunday ogʻriqlar ertalab kamdan-kam uchraydi, lekin odatda tushlik va kechki ovqatdan keyin paydo boʻladi. Ular tunda yoki yarim tundan keyin ham boshlanishi mumkin.

Oshqozon ogʻrigʻi odatda ovqatdan kelib chiqadi. Shifokor oshqozon yarasidan aziyat chekkan kishiga koʻp miqdorda sut mahsulotlari boʻlgan yumshoq ovqatlardan iborat parhezni tavsiya qilib, koʻproq dam olish, asabiylashmaslikni va turli qoʻrquvlardan xalos boʻlishni maslahat beradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!