Appendiks nima?

Appendiks sogʻlom holatida ham muhim bir ish bajarmaydigan, yoʻqligi ahamiyatga ega boʻlmagan tananing bir qismi boʻlib tuyulishi mumkin. Appendiks — bir tomoni yopiq, uzunligi taxminan 8-15 santimetr boʻlgan ichi boʻsh naycha. Boshqacha qilib aytganda, bu hech qayerga olib bormaydigan “koʻr” naychadir. Appendiks yoʻgʻon ichakning boshida, qorinning pastki oʻng tomonida joylashgan. Shuning uchun appendiks yoʻgʻon ichakdagi oʻsimtaga oʻxshaydi. Appendiks devori yoʻgʻon ichak devori bilan bir xil qatlamlarga ega. Ichki qatlam yopishqoq shilimshiq ishlab chiqaradi. Uning ostida limfoid toʻqima qatlami joylashgan. Baʼzida muammolar aynan shu toʻqimada paydo boʻladi. Tanada infeksiya paydo boʻlganda bu toʻqima shishishi mumkin. Appendiksga tushgan ichakdagi narsalarning qayta chiqib ketishi juda qiyin.

Appendiks toʻqimasi yalligʻlanganda, unga tushgan narsalar qolib ketib, qotishi mumkin. Oʻsimtaning qon tomirlari qotib qolgan modda va yalligʻlangan toʻqima bilan siqilib, qon oqimini toʻsib qoʻyishi va infeksiyaga olib kelishi mumkin. Appenditsit, yaʼni oʻsimtaning yalligʻlanishi tez-tez sodir boʻlib turgani uchun koʻpchilik uning alomatlarini juda ehtiyotkorlik bilan kuzatadi.

Appenditsitning odatiy belgilari: ogʻriq, darmonsizlik va qorin oʻng tomonining siqilishidir. Baʼzida ogʻriq avval koʻkrak ostida sezilib, soʻngra qorinning oʻng tomoniga oʻtadi. Bolalardagi appenditsitning birinchi belgilari: yigʻi, qusish, ovqatdan bosh tortish boʻlishi mumkin. Ayrim hollarda ota-onalar bolaga ichni boʻshashtiradigan vosita beradi va bu juda xavflidir. Bunday alomatlar paydo boʻlganda har doim shifokorga murojaat qilish kerak.

Oʻtkir appenditsitni davolashning faqat bitta usuli bor: darhol jarrohlik yoʻli bilan appendiksni olib tashlash kerak. Bu hech qanday xavf tugʻdirmaydigan oddiy operatsiyadir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!