Dermatomikoz nima?
Dermatomikoz kasalligi haqida ma'lumot.
2 min
Bu nima?

Bu zamburugʻ infeksiyasi keltirib chiqaradigan, juda keng tarqalgan teri kasalligi. Odatda bu kasallik qoʻl va oyoqlarda namoyon boʻladi. Eng keng tarqalgan shakli teridagi bir yoki bir nechta yumaloq, biroz koʻtarilgan yaralardir. Ularning oʻrtasi sogʻlom koʻrinsa-da, chetlari kengayishda davom etadi. Baʼzida yaraning sogʻlom markaziga qoʻshimcha infeksiya tushadi va halqa ichida yana bir halqa paydo boʻladi. Dermatomikozning ayrim koʻrinishida markaziy qismi umuman bitmaydi. Dermatomikozning dastlabki bosqichida terining kichik qismi qizgʻish tusga kirib, biroz shishadi. Keyin u yanada qizarib, pufakchalar, yengil qichishish yoki achishish hissi paydo boʻlishi mumkin.

Dermatomikozning yana bir keng tarqalgan turi — bosh terisi kasalligi. Bu juda yuqumli kasallik boʻlib, bolalar u bilan osongina kasallanishi mumkin. Dermatomikozni keltirib chiqaradigan zamburugʻlarni yoʻq qilish juda qiyin, shuning uchun bemorni davolash, odatda, kasallik tugamaguncha infeksiya tarqalishining oldini olishdan iborat. Dermatomikoz juda yuqumli kasallik boʻlgani uchun u odamlar va hayvonlar orqali tarqalishi mumkin. Bemor tegingan narsalar orqali boshqa odamlarga ham yuqishi mumkin.

Kasallik erta aniqlansa, uni davolash osonroq boʻladi. Buning uchun albatta shifokorga murojaat qilish kerak. U dermatomikoz tananing boshqa qismlariga tarqalmasligini nazorat qilib, qisqa vaqt ichida kasallikdan xalos boʻlishga yordam beradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!