Qon bosimi nima?

Keksalarning koʻpchiligi yuqori qon bosimiga ega. AQShda ellikdan oshgan keksa odamlar oʻlimining 15–20 foizi qon bosimining ko‘tarilishi bilan bogʻliq deb hisoblanadi! Qon bosimi nima? Bu yurak va arteriyalar tomonidan qonga taʼsir qiladigan bosim kuchidir. Yurakning chap qorinchasi qisqarganda, u qonni arteriyalarga haydaydi. Bu qonni oʻtkazish uchun asosiy arteriyalar kengayishi kerak.

Ammo arteriyalarning mushak qoplamasi bu bosimga qarshilik koʻrsatadi va qon tananing mayda qon tomirlariga siqib chiqariladi. Shuning uchun qon bosimi bu — yurak faoliyati va arteriya devorlarining qarshiligi natijasida paydo boʻladigan qon bosimi darajasidir.

Qon bosimini oʻlchash usullari mavjud va maʼlum bir bosim darajasi odamning muayyan yoshi uchun normal hisoblanadi. Ammo baʼzi odamlarda bu bosim me’yordan osha boshlaydi va bu hodisa gipertoniya, yaʼni yuqori qon bosimi deb ataladi. Bu koʻplab sabablarga koʻra, masalan, asabiy taranglik yoki endokrin bezlar yoki buyraklar faoliyatining buzilishi natijasida sodir boʻlishi mumkin. Odatda barcha sabablarni aniqlash qiyin boʻladi. Aksariyat hollarda bosim hech qanday noxush alomatlarsiz koʻtarilishi mumkin. Boshqa hollarda, vaziyat tezda yomonlasha boshlaydi. Qon aylanish tizimining kichik qon tomirlari qon oqimiga qarshilik koʻrsatadi. Shunda baʼzi alomatlar paydo boʻlishi mumkin. Yurak urishi tezlashishi, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va charchoq hissi paydo boʻlishi kuzatilishi mumkin.

Tibbiyot muayyan vaziyatga koʻra, bunday holatni davolash uchun koʻplab vositalarga ega. Bu vositalar qatoriga dam olish, faoliyatni oʻzgartirish, vaznni kamaytiradigan parhez, kam tuzli parhez, jarrohlik operatsiyasi va boshqalar kiradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!