Anemiya nima?

Anemiya — qon tarkibining buzilishlari bilan bogʻliq turli xil holatlarni bildiruvchi soʻz. Bu holatlar qondagi eritrotsitlar miqdori me’yordan kam boʻlganda yoki hujayralarda gemoglobin miqdori yetarli boʻlmaganda paydo boʻlishi mumkin. Anemiya qon hosil boʻlishining buzilishi, hujayralarning parchalanishi yoki katta qon yoʻqotilishi sababli yuzaga kelishi mumkin. Bu hodisalar esa, oʻz navbatida, tana faoliyatining turli xil buzilishlari tufayli sodir boʻlishi mumkin. Shuning uchun anemiyani davolayotgan shifokor bu kasallikning qaysi turiga duch kelganini aniq bilishi kerak. Anemiyaning bir turi, masalan, katta qon yoʻqotilishiga olib kelgan yara tufayli yuzaga kelgan boʻlishi mumkin. Qonga tanadagi boshqa suyuqliklar tushgani sababli qon suyuladi va bu anemiyaga olib keladi.

Anemiyaning yana bir turi eritrotsitlarning katta miqdorda parchalanishi bilan bogʻliq boʻlib, bu tananing turli holatlari tufayli roʻy berishi mumkin. Baʼzi hollarda, bu mos boʻlmagan turdagi qon quyilishi, kuchli kuyish, allergiya yoki leykemiya natijasi boʻlishi mumkin. Anemiyaning keng tanilgan turlaridan biri bu — trofik anemiya. Bu anemiyaning eng keng tarqalgan va kam xavfli turi boʻlib, eritrotsitlarning shakllanishi uchun temir moddasi yetishmasligidan kelib chiqadi. Temir tanaga gemoglobin ishlab chiqarish uchun kerak.

Biz isteʼmol qiladigan oziq-ovqatning katta qismi oz miqdordagi temirga ega. Ammo sogʻligi sababli koʻp odamlar goʻsht, tuxum va baʼzi turdagi sabzavotlar kabi tarkibida temir moddasi yuqori boʻlgan ovqatlarni isteʼmol qila olmaydi. Shuning uchun qonda temir tanqisligi koʻp uchraydi.

Bu turdagi anemiyaning alomatlari rangparlik, darmonsizlik, tez toliqish, hushdan ketish va nafas qisishidir. Agar bemor yaxshi dam olish va ovqatlanish imkoniyatiga ega boʻlsa, u odatda tezda tuzalib ketadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!