Leykemiya nima?

Maʼlumki, qon hayot uchun zarurdir. Qonda har biri oʻz vazifasiga ega juda koʻp turli xil modda va hujayralar mavjud. Ammo baʼzida ayrim sabablarga koʻra qon tarkibidagi moddalarning nisbati buziladi. Qon tarkibidagi bunday buzilishlardan biri leykemiya deb ataladi. Leykemiya bilan ogʻrigan odamning qonidagi leykotsitlar (oq qon hujayralari) soni 50–60 baravar koʻpayishi mumkin. Bu qon ishlab chiqaradigan aʼzolarning notoʻgʻri ishlashi natijasi boʻlgani uchun bunday holat juda jiddiy hisoblanadi. Ilgari leykemiya bilan kasallangan odamning sogʻayishiga umid boʻlmagan. Haligacha leykemiyani davolash usuli topilmagan boʻlsa-da, ayrim narsalarga, yaʼni bemorning umrini uzaytirish va uning ahvolini yengillashtirishga erishildi.

Leykemiyaning bir nechta turi mavjud. Har biri turli xil alomatlarga ega va inson umri uzoqligiga turlicha taʼsir qiladi. Shuning uchun har bir holatda muayyan davolash usuli buyuriladi. Bu dard ikkita asosiy shakl — oʻtkir va surunkali leykemiyaga boʻlinadi. Oʻtkir leykemiya toʻsatdan paydo boʻlishi va juda tez kechishi mumkin. Bu shakldagi kasallikni faqat kuchaygandan keyin aniqlash mumkin.

Oʻtkir leykemiya odatda 35 yoshdan oshgan kishilarda uchraydi. Leykemiya oq qon hujayralarining muayyan turiga qarab ham turli shakllarda boʻladi. Ammo leykemiyaning turi koʻp boʻlsa-da, kasallikning dastlabki alomatlari bir xil boʻlishi mumkin. Shuning uchun imkon qadar erta tashxis qoʻyish juda muhimdir. Leykemiyaning mavjudligi mikroskop ostida qon va suyak iligini oʻrganish orqali aniqlanadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!