20.02.2024
Voyaga yetgan odamning yuragi kattaligi taxminan siqilgan mushtga teng. Ammo 24 soat ichida u 68 ming kilogramm yukni yoki lokomotivning ogʻirligini yerdan 30 santimetr balandlikka koʻtarish uchun yetarli energiya ishlab chiqaradi. 24 soat ichida yurak tana boʻylab taxminan 16 360 litr qonni haydaydi. Ogʻirligi 225 grammdan 340 grammgacha boʻlgan bu ajoyib aʼzo ikki qavatli uyga oʻxshaydi. Uning har bir qismi yuqori boʻlmacha, boʻlmacha koʻzi, shuningdek pastki boʻlmacha, oʻng va chap qorinchalarga ega. Har ikki tomonda ham koʻz va qorincha oʻrtasida klapan deb ataladigan eshik bor. Lekin ikkala palla oʻrtasida klapan yoʻq. Koʻzlarda qorincha va arteriyalardan chiqish yoʻllari, venalarda esa kirish yoʻllari mavjud. Sogʻlom yurakdagi barcha eshiklar juda yaxshi moslangan. Chunki yurakdan haydalgan qon shu eshikdan ortga qaytmasligi kerak. Klapanlar yurakning har bir urishida ochilib yopiladi.
Yurakning har ikki tomonida ham bittadan nasos bor. Chap tomon oʻpkadan kislorod bilan boyitilgan qonni olib, tana boʻylab haydaydi. Oʻng tomon esa tanadan kislorodi kam, lekin karbonat angidridga toʻyingan qonni qaytarib olib, uni oʻpkaga haydaydi. Yuqoridagi ikkita boʻlmacha va ular koʻzlarining devorlari yupqa. Chunki ular qonni faqat pastdagi qorinchalarga, qisqa masofaga haydaydi. Qonni oʻpkaga haydaydigan oʻng qorinchaning devorlar esa qalinroq.
Yurakning eng muhim qismi — eng qalin devorlarga ega chap qorincha. Chunki u qonni eng uzoq masofaga haydashi kerak. Yurak kuniga taxminan 100 ming marta qisqarib kengayadi. Bolalarning yuragi daqiqada 90–100 marta, kattalarniki esa 70–80 marta uradi. Tanaga biron bir yuklama bersangiz, masalan, yugursangiz, yurak urish tezligi taxminan uch yarim baravar koʻpayishi mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.