Biz qanday o‘qiymiz?

Oʻqiyotganimizda biror-bir maʼnoni koʻrishimiz mumkin boʻlgan muayyan belgilarga razm solamiz. Masalan, yoʻl belgisidagi simvolni oʻqiyotganimizda, muhandis chizmadagi belgilarni koʻrib chiqayotganida yoki hindu tutun signallarini koʻrganda oʻqish kabi narsa sodir boʻladi. Oʻqish haqida gapirganda, odatda bosma yoki yozma materiallarni oʻqishni nazarda tutamiz. Ammo bu holda ham gap ramzlarni tushunish haqida ketadi. Oʻqishni oʻrganayotganimizda dastlab bu belgilarni yoki harflarni tanib olib, ularni boshqalardan farqlashni oʻrganishimiz kerak. Keyin soʻz (yoki simvollar guruhi) qaysi gʻoyani ifodalashini tushunishimiz kerak. Ammo buni toʻliq tushunishimizdan oldin, biz belgilar yoki soʻzning oʻz tajribamiz bilan bogʻliqligini aniqlashimiz kerak.

Bolalar bir necha yil davomida turli usullar bilan oʻqishni oʻrganadi. Orfografik usul bolaga harf nomlarini alifbo tartibida oʻrgatish uchun qo‘llanadi. Keyin u ikkita, soʻngra uchta harfni bir-biriga qoʻshadi, boʻgʻinlarni yozib talaffuz qiladi, ularni soʻz va jumlalarga birlashtiradi. Fonetik usulda bolalar harflarning tovushini oʻrganadi, soʻngra tovushlarni birlashtirib, soʻzlar hosil qiladi. Dastlab, faqat qisqa, keyin esa uzunroq soʻzlar tuziladi. Yana bir boshqa usul bilan bola soʻzning koʻrinishini eslab qoladi.

Taʼlimning yana bir usuli bor, unda bola soʻz yoki jumlaning eshitilishini ham, koʻrinishini ham eslab qoladi. Ammo biz oʻqishni oʻrganishni boshlashga tayyor boʻlganimizdagina oʻqishni oʻrganishimiz mumkin. Buning uchun soʻz va belgilar oʻrtasidagi oʻxshashlik va farqni koʻrishimiz, soʻz shaklini eslab qolishimiz, fikrlar bayon qilingan ketma-ketlikni eslab qolishimiz; u yoki bu soʻz bilan belgilangan narsalarni aqlan tasavvur etishimiz; nigohimizni chapdan oʻngga harakatlantirishimiz va yana koʻp narsalarni bilishimiz kerak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!