Nega piyoz bizni yig‘latadi?
Piyoz haqida ma'lumot.
2 min
Inson organizmi

Aslida, kun boʻyi yigʻlashimizni bilarmidingiz? Har safar kiprik qoqqanimizda yigʻlaymiz! Gap shundaki, ikkala koʻzning tashqi burchaklari ostida koʻz yoshi bezlari joylashgan. Har safar koʻz qovogʻi yopilganida, u koʻz yoshi bezidan maʼlum miqdordagi suyuqlikni siqib chiqaradi. Bu suyuqlikni koʻz yoshlari deb ataymiz. Oddiy sharoitlarda bu suyuqlik bitta vazifani bajaradi: qurib qolmasligi uchun koʻz shox pardasini namlab turadi. Xoʻsh, agar koʻzga biror narsa tushsa-chi? Bu holda koʻz qovogʻi avtomatik ravishda pirpiray boshlaydi va koʻzni yuvib, yot narsadan himoya qiladigan koʻz yoshlari paydo boʻladi.

Koʻzga tutun tushganda ularda yosh toʻplanishini hammamiz bilamiz. Piyoz ham qoʻzgʻatuvchi xususiyati bor manba hisoblanadi. Piyoz tarkibida oltingugurtli yogʻ boʻlib, u piyozga oʻtkir hid beribgina qolmay, balki koʻzga ham taʼsir qiladi. Bunga javoban koʻz pirpirab, bu qoʻzgʻatuvchini yuvib tashlash uchun koʻz yoshlarini hosil qiladi! Shunday qilib, buning siri juda oddiy. Piyoz juda ajoyib sabzavotdir. U lolagullilar oilasiga tegishli boʻlib, Osiyodan kelib chiqqan. Piyoz oziq-ovqat sifatida qadim zamonlardan beri, koʻp ming yillar davomida ishlatiladi.

Piyozning qarindoshlari — taʼmi va hidi yumshoqroq boʻlgan porey piyozi va juda oʻtkir hidli sarimsoq. Bu ikkala oʻsimlik ham Yevropada keng tarqalgan. Shalot piyozi sarimsoqqa nisbatan ancha yumshoq taʼmga ega. Keskir piyoz ham shu oilaga mansub. AQShda vazni 450 grammga yetadigan ispan piyozi juda mashhur. Bu piyozning ta’mi eng yumshoq va oʻlchami eng katta navidir.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!