Hid nima?
Burunning vazifasi.
2 min
Bu nima?

Hid bilish qobiliyatiga oddiy narsadek qaraymiz. Ammo hid bilish jarayoni va umuman hid bilan bogʻliq boʻlgan barcha narsa juda murakkab mexanizmga ega. Insonning hid bilish qobiliyati boshqa tirik mavjudotlarnikiga qaraganda ancha yomon rivojlangan. Odamning hid bilish aʼzosi burunda joylashgan va bu hid haqidagi maʼlumotlar qabul qilinadigan joy. Burun juda kichik aʼzo boʻlib, uning har bir tomoni maydoni tirnoqdan katta emas.

Bu aʼzo shilliq bezlar tomonidan namlab turiladigan, nerv tolalari bilan oʻralgan, nerv hujayralaridan tashkil topgan, shilliq qoplamadan iborat. Hujayralar orqali burun boʻshligʻiga ingichka tuklar oʻsib chiqadi. Ammo bu tuklarning uchi hujayralarning qalin qatlami bilan qoplangan. Agar bu qoplama boʻlmasa, biz hid bilish qobiliyatini yoʻqotamiz. Oddiy nafas olish vaqtida havo oqimi hidlash hududi bilan aloqa qilmaydi, shuning uchun agar biron narsaning hidini his qilishni istasak, uni hidlab koʻrishimiz kerak. Oʻshanda havo oqimi kerakli joyga boradi.

Hidni aniqlashimiz uchun hidlangan modda tuklarni qoplagan hujayralarning qalin qatlamida erishi kerak. Shuning uchun hidni “tutib olishimiz” uchun biroz vaqt kerak boʻladi. Shuningdek, hidga ega moddalar uchuvchan boʻlishi, yaʼni harakatlanishi hamda hid bilish tuklarini qoplagan qatlamda eriy oladigan, yogʻli modda chiqarishi kerak. Narsaning hidi atomlarning maʼlum guruhlariga, yaʼni hid tashuvchilarga bogʻliq. Shuning uchun hid kimyoviy formulaga va har bir hid turi oʻziga xos kimyoviy tarkibga ega.

Bizning hid bilish qobiliyatimizni qoʻzgʻatish uchun juda oz miqdordagi hidli modda yetarli. Miyada burundagi nervlardan maʼlumotlarni qabul qilib, qanday hidni his qilayotganimizni aniqlaydigan, kichik hid bilish markazi mavjud.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!