20.02.2024
Inson tanasi haqida gap ketganda, undagi mavjud har qanday aʼzo yoki uning qismi kerakli ekaniga amin boʻlishimiz mumkin. Bu burun shilimshiq qavatiga ham tegishli. Burun — tanaga havo kiradigan yoʻl. Ammo bu havo oʻpkaga tushishidan oldin unga biroz ishlov berilishi kerak. U isitilishi va tozalanishi zarur. Bu vazifani burun bajaradi. Havo bilan kiradigan chang zarralarining katta qismi ham burunda ushlab qolinadi.
Havoni birlamchi tozalash burunning kirish qismida joylashgan, dagʻal tuklar yordamida amalga oshiriladi. Bu yerda eng katta chang zarralari filtrlanadi. Nafas yoʻllari burundan tortib oʻpkaga kirishgacha, mayda tuklar oʻsib chiqqan hujayralar bilan qoplangan. Bu tuklar kiprikchalar deb ataladi. Burundagi shilimshiq modda mutlaqo shaffof. Havo yoʻllari orqali kiprikchalar tomonidan burunga olib chiqilgan mayda chang zarralari u yerda shilimshiq bilan aralashgach, uning rangi kulrang-yashil tus oladi.
Odam kecha-yu kunduz, har daqiqada, qayerda yashashidan qat’i nazar, nafas bilan millionlab chang zarralarini yutadi. Havo faqat okean ustida, qirgʻoqdan kamida 600 mil uzoqlikda changdan butunlay tozadir. Hatto shahar chetida toza havodan nafas olganimizda ham, biz u bilan birga kamida yarim million chang zarrasini yutamiz. Nafas olganda chang bilan birga burnimizga har xil bakteriyalar ham kiradi. Bu bakteriyalar burun shillimshiq qavatiga yopishib qoladi. Shilimshiq modda antiseptik boʻlgani uchun u koʻplab bakteriyalarni oʻldiradi. Shunday qilib, siz burundagi shilimshiq modda sogʻlig‘imiz uchun juda muhim vazifalarni bajarishiga amin boʻldingiz.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.