20.02.2024
Fikr tasavvur qilish mumkin boʻlgan eng katta tezlikka ega ekani qanchalik haqiqat? Qadimgi davrlarda bu shubha ostiga olinmagan va “fikrdan tezroq” kabi iboralarning paydo boʻlgani bejiz emasdir. Bugungi kunda fikr tanamizning nerv tolalari boʻylab harakatlanadigan impuls ekani va uning tezligini juda aniq oʻlchash mumkinligini bilamiz. Ajablanarli bir narsa ham aniqlandi, fikrlash juda sekin jarayon ekan.
Nerv impulsi atigi 155 mil/soat (taxminan 250 km/soat) tezlikda harakat qiladi! Bu shuni anglatadiki, har qanday maʼlumot tanamizning ichida bir aʼzodan ikkinchisiga uzatilganidan koʻra, uning tashqarisida tezroq uzatilishi mumkin! Televideniye, radio, telefon maʼlumotni bizning nerv tizimimizga qaraganda tezroq uzatadigan vositalardir. Nervlar orqali Nyu-Yorkdan Chikagoga uzatilgan fikr manzilga radio, telefon yoki telegraf orqali uzatilgan fikrdan bir necha soat kechroq yetib boradi. Oyogʻimizdagi barmoq bilan biror narsa sodir boʻlganda, bu haqidagi maʼlumotga ega impuls miyaga yetib borguncha biroz vaqt oʻtadi.
Oʻzingizni boshi Alyaskada, oyoqlari Janubiy Afrikada joylashgan ulkan kishi deb tasavvur qiling. Agar dushanba kuni ertalab akula oyogʻingiz barmogʻini tishlasa, miyangiz chorshanba kuni kechqurungacha bundan bexabar boʻladi. Miya buni bilgach, barmogʻingizni suvdan tortib olishga qaror qilsangiz, unda haftaning qolgan qismi bu haqidagi buyruqni oyoqlaringizga yetkazish uchun ketadi! Turli xil signallar bizni har xil tezlikda javob berishimizga undaydi. Biz tovushdan koʻra yorugʻlikka, xira yorugʻlikka nisbatan yorqin nurga, oq rangga qaraganda qizil rangga va yoqimli narsadan koʻra noxush narsaga tezroq javob beramiz. Har bir insonda fikr impulslarining oʻtish tezligi turlicha. Shuning uchun ayrim odamlar baʼzi signallarga boshqalarga qaraganda tezroq javob beradi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.