20.02.2024
Atrofimizdagi olamda nima boʻlayotganini qanday bilamiz? Koʻrish, eshitish, his qilish, sezish imkonini beruvchi hissiyotlar orqali. Ammo ayrim olimlar odam hissiyotlardan foydalanmasdan ham maʼlumot olishga qodir deb hisoblaydi. Ularning fikriga koʻra, inson ongi haligacha tushunarsiz boʻlgan, hisssiyotlarsiz ham maʼlumotni idrok eta oladigan baʼzi imkoniyatlarga ega. Bu jarayon oʻta sezgir idrok deb ataladi. “Oʻta sezgir” — “hissiyotlarsiz ham” degan maʼnoni anglatadi. Bu mavzuni oʻrganganlarning aksariyati olim-psixologlar edi. Ularning faoliyat sohasi parapsixologiya deb ataladi. Bu fan hali fizik jihatdan izohi topilmagan narsalar bilan shugʻullanadi.
Oʻta sezgir idrokning uch turi bor deb hisoblanadi. Ulardan biriga misol — baʼzi odamlarning boshqa kishilar fikrlarini oʻqish qobiliyati. Oʻta sezgir idrokning ikkinchi turini quyidagi misol bilan tasvirlash mumkin: bir shaharda yashaydigan ayol tushida boshqa shaharda yashovchi qizi avtohalokatga uchrab, jarohat olganini koʻradi. Ertasi kuni u qizini kecha oqshom mashina urib yuborgani haqida xabar topadi.
Uchinchi turdagi oʻta sezgir idrok kelajakni koʻrib, unda nima boʻlishini bashorat qilishga qodir odamlar bilan bogʻliq. Koʻpchilik bunday holatlar sodir boʻlgani bizga maʼlum, ammo koʻpincha bunday xabarlarni aniq tekshirish va bularning barchasi aslida qanday yuz berganini bilish qiyin.
Bundan tashqari, koʻpchilik bunga ishonishni xohlagani uchun, sodir boʻlgan voqealar aniq qayd etilmaydi. Oʻta sezgir idrok mavjudligini isbotlash maqsadida koʻplab tajribalar oʻtkazilgan, ammo koʻpchilik olimlar uchun bu hodisaning mavjudligi borasidagi savol hali ham ochiq qolmoqda.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.