20.02.2024
Maʼlumki, uyqu biz uchun juda muhimdir, chunki u tanamizning charchagan aʼzo va toʻqimalari tiklanishiga yordam beradi. Ammo qancha vaqt uxlashimiz kerak? Koʻpchiligimiz uchun sakkiz soatlik uyqu yetarli, ammo uyquga ehtiyoji juda kam yoki aksincha, koʻproq uxlaydigan odamlar ham bor. Koʻp narsa turmush tarzimizga bogʻliq. Ammo eng muhim qoida, uygʻongach oʻzimizni yaxshi his qilishimiz va bedor vaqtimiz toʻlaqonli ishlashimiz uchun yetarli darajada uxlashimiz kerak.
Uyquning turli darajalari mavjud: chuqur va yuzaki uyqu. Sayoz uyqu holatida tanamiz chuqur uyqudagi kabi dam olmaydi, shuning uchun sakkiz soatlik sayoz uyqudan keyin ham charchoqni his qilishimiz mumkin. Aksincha, qisqa muddatli, ammo chuqur uyqu juda yaxshi hordiq chiqarish imkonini berishi mumkin. Iskandar Zulqarnayn istalgan vaqtda chuqur uyquga keta olgan.
Bir safar muhim jang oldidan u kechasi boshqalardan koʻra koʻproq bedor boʻlgan. Keyin esa kamzuliga oʻralib, uxlashga yotgan. U shu qadar chuqur uyquga ketganki, Iskandar hujumga oʻtish haqida buyruq berishi uchun qoʻmondonlar uni uch marta uygʻotishlariga toʻgʻri kelgan! Odatda, uyquga ketganimizda uyqu markazi tana ham, miya ham dam olishi uchun nervlarni “oʻchirib” qoʻyadi. Bu bizni biror narsa qilish istagidan mahrum qilib, oyoq-qoʻllarimiz va ichki aʼzolarimizni uxlatadi. Ammo baʼzida miya yoki tananing faqat biri uxlaydi. Yurish vaqtida juda charchagan askarning miyasi uxlab qolishi mumkin, ammo tanasi bedor boʻlishda davom etadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.