Tush nima?
Nima uchun har xil tushlar ko'ramiz? Tush mazmuni haqida.
2 min
Bu nima?

Tush — koʻp ming yillar davomida odamlarni qiziqtirgan, qoʻrqitgan va hayratda qoldirgan hodisa. Tushlarga eng gʻalati izohlar berilgan. Bir paytlar odamlar tushda namoyon boʻlgan tasvirlar tangri tomonidan yuborilgan xabarlar ekaniga ishongan. Tushlarning manbasi uxlayotgan odamdan tashqarida va ularni faqat maxsus koʻnikmalarga ega odamlargina izohlashi mumkin deb hisoblangan. Hozirgi kunda tush uxlayotgan odamning oʻzida vujudga keladi deb hisoblanadi. Tushlar uxlayotgan odamning oʻziga tegishli boʻlgani sababli ular kishi uchun alohida ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Odam koʻrayotgan tush koʻp sabablarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Kishi sogʻligining holati ham u koʻrayotgan tushlarga taʼsir qilishi mumkin. Kasal yoki oʻzini yomon his qilayotgan odam sogʻlom va quvnoq odamning tushlaridan farqli tushlarni koʻradi.

Sovqotayotgan, charchagan, ochiqqan kishining tushlari bu tuygʻular bilan bogʻliq boʻladi. Shuning uchun koʻplab tushlar juda yoqimsiz boʻlishi mumkin. Oʻtgan kun voqealari ham tushning mazmuni uchun katta ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Koʻpincha tushingizda koʻrgan odam va voqealar kun davomida siz to‘qnashgan narsalar boʻladi. His-tuygʻularimiz ham tushlarimizga katta taʼsir koʻrsatishi mumkin. Tushda istak va ehtiyojlarimiz, shuningdek, qoʻrquvlarimiz ifodalanishi mumkin. Kishining tushida namoyon boʻlgan quvonch yoki umidsizlik hissi ilgari bu odamda paydo boʻlgan boʻlishi mumkin. Tush esa shunchaki ularning chiqib ketishiga imkon beradi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!