20.02.2024
Hech kim qancha narsani eslay olishini aniq bilmaydi. Koʻzlaringizni yumib, hayotingiz davomidagi barcha narsani eslab koʻring. Hamma odamlar, uylar, koʻchalar, siz koʻrgan narsalar, siz oʻqigan barcha soʻz va raqamlar. Buning oxiri yoʻqdek tuyuladi. Miyamizda yaxshi foto arxivdagi kabi millionlab tasvirlar saqlanadigan koʻrish xotira markazi mavjud. Bu moʻjiza — eslab qolish qanday sodir boʻlishini hali ham izohlab berolmaymiz. Ammo bu obyektlar boʻyicha tartib bilan sodir boʻlishini bilamiz. Bunday tartibli joylashuv tufayli xotiraning bir boʻlimi qolgan qismlariga taʼsir qilmasdan buzilishi yoki yoʻqotilishi mumkin.
Masalan, miya shikastlanganida yoki qon quyilganda, odam xotirasining bir qismini yoʻqotishi mumkin. U soʻzlardan qanday foydalanishni unutishi, ammo raqamlardan foydalanishda davom etishi mumkin! Baʼzida odamlarda qarilik yoki jarohat tufayli xotira susayishi kuzatilishi va natijada ular koʻrayotgan narsalarini tanimasligi mumkin. Ammo teginib, kishi ularni taniydi, chunki ong koʻrish xotira zaxiralariga bogʻliq emas.
Miyada eshitish xotirasi markazi ham mavjud. Bu yerda biz eslab qolgan barcha tovushlar saqlanadi va bir maʼnoda u fonotekaga oʻxshaydi. Odam amneziyadan aziyat chekishi mumkin. Odatda, bunga kuchli hayajonlanish holati sabab boʻladi va kishi ongsiz ravishda xotirlashni istamagan baʼzi narsalarni unutadi. Ammo amneziyani davolashda bu xotiralar tiklanishi va xotira normal holatga qaytishi mumkin.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.