20.02.2024
Hayvonot bogʻi — turli xil hayvonlar saqlanadigan va ommaga namoyish etiladigan joy. Nega hayvonlar hayvonot bogʻlarida saqlanadi? Eng muhim sababi — insoniyat hayvonlarga qiziqadi. Hayvonot bogʻlarining yana bir vazifasi olimlarga hayvonlar hayotini oʻrganish imkoniyatini berishdir. Tarixda maʼlum boʻlgan birinchi hayvonot bogʻi juda uzoq vaqt oldin, miloddan avvalgi 1150-yilda Xitoy imperatorining buyrugʻiga binoan paydo boʻlgan va unda koʻplab hayvon, qush va baliqlar boʻlgan. Garchi u hozirgi hayvonot bogʻlariga biroz oʻxshash boʻlsa-da, lekin bitta katta farqi boʻlgan.
Aftidan, u keng jamoatchilik uchun yopiq boʻlib, faqat imperator va saroy aʼyonlarining koʻngil ochishi uchun xizmat qilgan. Hayvonot bogʻini tashkil qilish va saqlash juda katta mablagʻ talab qilgani uchun qadimda bu faqat qirol va boy lordlarning ermagi boʻlgan. Ularning koʻpchiligida noyob qush, baliq, barcha turdagi hayvonlar toʻplamlari mavjud boʻlgan. Dunyodagi birinchi jamoat hayvonot bogʻi 1793-yilda Parijda ochilgan. Bu mashhur Jarden de Plan edi. Unda hayvonlar saqlangan, shuningdek, muzey va botanika bogʻi ham boʻlgan. Keyingi yirik hayvonot bogʻi 1829-yilda Londondagi Ridjents-Parkda ochilgan.
Uning izidan 1844-yilda dunyodagi eng yaxshi va eng goʻzal joylardan biriga aylangan Berlin hayvonot bogʻi paydo boʻldi. Angliyada ham koʻplab hayvonot bogʻlari mavjud. Bedfordshirdagi Uipsneyd hayvonot bogʻida butun dunyodan keltirilgan hayvonlar yashaydi va goʻzal hudud boʻylab erkin harakatlanadi. Bu yerda toʻsiqlar faqat xavfsizlik uchun ishlatiladi. Yana ikkita mashhur hayvonot bogʻi Bristol va Edinburgda joylashgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.