20.02.2024
Kurash insonga maʼlum boʻlgan eng qadimgi sport turlaridan biridir. Qadimgi Misr sagʻanalari devorlarida kurashchilarning olishuvi aks etgan yuzlab sahnalar tasvirlangan. Ularda bizning davrimizda maʼlum boʻlgan deyarli barcha iskanjaga olish va qad holatlari koʻrsatilgan. Demak, kurash 5000 yil oldin ham juda rivojlangan sport turi boʻlgan! Kurash uyushgan va ilmiy asoslangan sport turi sifatida Yunonistonda paydo boʻlgan va ehtimol, u yerga Misr yoki Osiyodan kelgan.
Ammo yunon afsonasiga koʻra, kurashni qahramon Tezey oʻylab topgan. Qadimgi yunon sport tizimida kurash juda muhim oʻrin tutgan. Yunon kurashchilari odatda tanalariga moy, soʻngra iskanjaga olish yaxshilanishi uchun moy ustidan qum surtishgan. Qadimgi dunyoning eng yaxshi kurashchisi Milon Krotonskiy mamlakat musobaqalarida 32 karra, olimpiadalarda 6 karra gʻolib boʻlgan. Kurash juda ommabop boʻlgan Yaponiyada birinchi rasmiy qayd etilgan kurash olishuvi miloddan avvalgi 23-yilda boʻlib oʻtgan.
Yaponlarning kurash uslubi — sumoda kurashchilarning vazni katta ahamiyatga ega. Baʼzi sumo g‘oliblarining vazni kamida 135 kilogrammni tashkil etsa-da, ular juda kuchli va shu bilan birga epchildir. Buyuk Britaniyada ham odamlar kurash bilan uzoq vaqtdan beri shugʻullanadi. Qirol Genrix VIII ham kurash bilan shugʻullanib, yaxshi kurashchi hisoblanganini bilarmidingiz?
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.