Ba’zi bolalar o‘yinlari qanday paydo bo‘lgan?

Hozirgi kunda berkinmachoq vaqtichogʻlik uchun oʻynaladi. Ammo berkinmachoq uzoq vaqt oldin paydo boʻlib, bu oʻyin ularni oʻynagan odamlar uchun butunlay boshqacha maʼno kasb etgan. Berkinmachoqni, odatda, kattalar oʻynagan. Angliyaning ayrim joylarida bahor kelishi bilan odamlar oʻrmon va dalalarga chiqib, u yerda yilning bu mavsumi kelishi bilan paydo boʻlgan gul va qushlarni topish odati boʻlgan. Keyin hamma bahor kelganini koʻrishi uchun topilgan narsalar qishloqqa olib kelingan.

Oʻrmonda yashiringan bahorning bu belgilarini qidirish berkinmachoq oʻyinining boshlanishi boʻlgan. Oʻyin paydo boʻlganidan beri ancha vaqt oʻtganiga qaramay, hatto bizning davrimizda ham baʼzi mamlakatlarda yashiringan kishi baʼzan qushning qichqirigʻiga taqlid qiladi. Qizigʻi, deyarli barcha bolalar oʻyinlari oʻyin sifatida emas, balki tarixiy voqea yoki odamlar ishongan afsonadan boshlangan.

Baʼzan ularning boshlanishi uchun ayrim quvonchli, baʼzida esa qaygʻuli voqealar sabab boʻlgan. “London koʻprigi qulayapti” — juda jiddiy vaziyatda paydo boʻlgan oʻyin. Uning hatto London bilan hech qanday aloqasi ham yoʻq! Bu oʻlimdan keyin odamlar qandaydir koʻprikdan oʻtishi kerakligiga ishonilgan zamonlarga borib taqaladi. Unga koʻra baʼzilar oltin koʻprik orqali falakka uchgan, boshqalari esa eski, omonat turgan koʻprikdan oʻtib, iblis qarshisiga borgan. Butun dunyoda oʻynaladigan bu oʻyin har bir mamlakatda turlicha nomga ega.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!