20.02.2024
Insoniyat konkida 500 yildan ortiq vaqtdan beri uchmoqda! Muzda konkida uchish rolikli konkida uchishdan ancha qadimgiroq, chunki rolikli konki faqat XVIII asrda paydo boʻlgan. Gʻildirakchali konkilar taxminan 200 yil oldin Gollandiya yoʻllarida ishlatilgan va aslida kim uni birinchi boʻlib yasaganini hamda uchganini bilmaymiz. Nyu-Yorkda yashovchi J. L. Plimpton 1863-yilda toʻrt gʻildirakchadan iborat rolikli konkini ixtiro qildi. U bilan rezina toʻshama ustida uchishgan va aynan shu konki turi tufayli rolikli konkida uchish ommalashgan.
Rolikli konkilar rivojlanishidagi navbatdagi bosqich podshipnikli konkilar edi. Birinchi rolikli konkilar uchun gʻildiraklar shamshod daraxtidan yasalgan, ammo yogʻoch gʻildirakchalarning qirralari juda oson singan. Koʻp oʻtmay gʻildirakchalarni qattiq qotishma yoki poʻlatdan yasash boshlangan. Taxminan 1910-yilgacha rolikli konkida uchish musobaqalari Amerikada juda mashhur boʻlgan, keyinchalik mototsikl va sport avtomobillari poygalari ularning oʻrnini egallagan. Ammo rolikli konkilar yoshlarning sevimli sport turlaridan biri boʻlib qolganiga shubha yoʻq.
Muz ustida konkida uchish taxminan XVI asrda boshlangan. Oʻsha davrlarda skandinavlar oyoqlariga hayvon suyaklaridan yasalgan konkilarni bogʻlab, muz yuzasida sirpanishgan. Keyin ulardan hozirgi zamonaviy poʻlat konkilar chiqqan metall konkilar paydo boʻlgan. Bir vaqtlar konkilar oyoqlarga uzun charm tasmalar bilan bogʻlangan. Keyinchalik konkilar qisqich va kamarlar yordamida poyabzalga biriktirila boshlangan. Hozirgi vaqtda konkilar botinkaga mahkam biriktiriladi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.