Chang‘i qachon paydo bo‘lgan?

Changʻi — zamonaviy sport turlaridan biri, deb hisoblashingiz mumkin, ammo bu aslida harakatlanishning eng qadimgi usullaridan biridir. Inglizcha “changʻi” soʻzi islandcha “skidx” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “qor poyabzali” degan maʼnoni anglatadi. Changʻidagi odamlar tasvirlangan qadimiy qoyaga oʻyib solingan rasmlar topilgani tufayli baʼzi tarixchilar changʻilarning paydo boʻlishi tosh davriga toʻgʻri keladi deb hisoblaydi.

Skandinaviyada xristianlik paydo boʻlishidan oldinroq qadimgi laplandiyaliklar “skrid-finnen”, yaʼni “sirgʻanuvchilar” deb nomlangan. Ularning hatto changʻi maʼbudasi ham boʻlgan, qish maʼbudi esa uchi yuqoriga qayrilgan changʻida tasvirlangan! Bizga maʼlum boʻlgan birinchi changʻilar koʻpincha hayvonlar suyagidan yasalgan uzun romlar shaklida boʻlgan. Ular oyoqqa kamarlar bilan bogʻlangan. Changʻichi tasviri oʻyib tushirilgan, yoshi 900 yildan oshgan tosh ham bor.

Changʻi sporti Norvegiyaning Telemark provinsiyasida paydo boʻlgan. Darhaqiqat, Norvegiyaning bu provinsiyasidagi Morgedal shahri changʻi sportining beshigi sifatida tanilgan. Hududda qish juda qorli va u uzoq vaqt turgani sababli mahalliy aholi changʻilardan transport vositasi sifatida foydalanishga majbur boʻlgan. Ular qayerga otlanmasin — ov, yarmarka yoki qoʻshni qishloqqa mehmondorchilikka tashrif — hamma joyda faqat changʻida harakatlanilgan! Changʻi poygasini zamonaviy ixtiro deb hisoblasangiz, unda Norvegiyadagi birinchi sovrinli changʻi musobaqalari 1767-yilda boʻlib oʻtgani sizni ajablantirsa kerak.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!