20.02.2024
Duel — or-nomus masalalariga oid nizolarni hal qilish uchun qurollangan ikki kishi oʻrtasida maʼlum qoidalarga muvofiq oʻtkaziladigan oldindan shartlangan olishuv deb tasavvur qilamiz. Ushbu taʼrifga koʻra, ikki shaxs oʻrtasidagi baʼzi mashhur olishuvlar duel deb hisoblanmaydi. Masalan, Gektor va Axill bir-biri bilan jang qilgan deb taxmin qilinadi, ammo bu duel boʻlmagan. Gap shundaki, qadimgi davrlarda sud dueli deb nomlangan odat boʻlgan. Bu olishuvning qonuniylashtirilgan shakli boʻlib, uning yordamida shaxsiy qadr-qimmat bilan bogʻliq boʻlmagan, balki huquqiy masalalar hal qilingan.
Masalan, urush chiqishi mumkin boʻlgan baʼzi hollarda, dushman qabilasidan qoʻlga olingan mahbus qurollantirilib, uni oʻzlarining eng yaxshi jangchilaridan biriga qarshi qoʻyishgan. Ushbu jangning natijasi bashorat deb hisoblangan, chunki oʻsha vaqtlarda gʻalaba falakdan ato etiladi deb hisoblangan. Keyinchalik duellar sud hukmlari oʻrnini bosa boshladi. Vaqt oʻtishi bilan, XVI asrda duellarning bu shakli bekor qilingan, ammo or-nomus duellari paydo boʻlgan.
Munosabatlarni duel orqali aniqlash usuli shu qadar mashhur boʻlganki, 1601–1609-yillardagi duellarda 2000 dan ortiq fransuz zodagoni halok boʻlgan! Cherkov va dunyoviy hukumat bu odatni qoralagan va 1602-yilda fransuz qiroli duelga chaqiriq yuborgan, chaqiriqni qabul qilgan yoki duelda sekundant¹ sifatida qatnashadiganlar oʻlimga mahkum etilishi toʻgʻrisida farmon chiqargan. Bu chora juda ogʻir boʻlib tuyulgan va 1609-yilda duel uchun qiroldan ruxsat olish belgilangan.
Duellar Angliyada ham keng tarqalgan, ammo koʻplab norozilik namoyishlari tufayli u bu yerda ham qonundan tashqari deb topilgan. Biroq Germaniyada talabalar oʻrtasidagi duellar nisbatan yaqin vaqtgacha davom etgan. Talabalar unda ishtirok etishni oʻzlari uchun sharaf deb hisoblagan.
¹Sekundant — 1. Duelda: tomonlar vakili; 2 Boksda, shaxmatda: tomonlar vakili va yordamchisi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.