Dastlabki musiqa qanday bo‘lgan?
Birinchi musiqa haqida ma'lumot. Musiqa tarixi.
2 min
Tarix

Musiqaning paydo boʻlishiga oid koʻplab afsonalar mavjud. Injilda barcha musiqachilarning otasi Iuval haqida soʻz boradi. Qadimgi ispan kitoblaridan birida Iuval Tuvalkainning temirchilik ustaxonasida bo‘lganida, bolgʻa sandonga har safar urilganida turli xil ohangdagi tovushlar chiqishiga eʼtibor qaratganligi haqida hikoya qilinadi. Bu tovushlarni ovoz bilan takrorlashga urinib, u tez orada baland va past notalarni kuylashni oʻrgangan.

Yunon afsonalarida choʻpon nayini ixtiro qilgan Pan haqida hikoya qilinadi. Bir kuni Pan daryo boʻyida oʻtirib, qamish orqali puflagan va oʻtgan havo gʻamgin tovushlar chiqarayotganini payqagan. U qamishlarni turli uzunlikda sindirib, ularni bir-biriga bogʻlagan va shu tariqa musiqa asbobini yaratgan! Albatta, bularning hammasi shunchaki afsona.

Aftidan, barcha ibtidoiy odamlarning turli xil musiqa asboblari boʻlgan. Ammo ularning musiqasi nafaqat koʻngilxushlik uchun xizmat qilgan, balki musiqa ularning hayotida muhim oʻrin egallagan. Umuman olganda, musiqaning eng qadimgi turi boʻlgan xalq musiqasi professional boʻlmagan qoʻshiqchilar oʻz ashulalarini o‘ylab topganlarida paydo boʻlgan.

Qadimgi yunonlar musiqani sheʼriyat va dramatik sanʼat bilan birlashtirgan. Ular arfa, lira va fleyta¹ kabi musiqa asboblaridan foydalangan. Musiqa sanʼati asosan dastlabki xristian cherkovining rivojlanishi bilan bogʻliq. Bir muncha vaqt oʻtgach, cherkov musiqasidan yangi yoʻnalish va shakllar paydo boʻlib, musiqa sanʼat turlaridan biriga aylangan.


¹Fleyta — naysimon musiqa asbobi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!