Musiqani birinchi bo‘lib kim bastalagan?

Chamasi, barcha ibtidoiy odamlarning qandaydir musiqasi boʻlgan. Ammo ular hosil qilgan ohanglar zamonaviy musiqadan juda farq qilgan. Ibtidoiy musiqa koʻpincha uzoq va baland hayqiriq, xoʻrsinish, ingrash va nolalarning kombinatsiyasidan iborat boʻlgan. Kuylash raqsga tushish, chapak chalish va baraban sadolari bilan birga kechgan. Xalq musiqasi asrlar davomida mavjud boʻlib, avloddan avlodga biror narsada qayd etilmasdan og‘zaki tarzda oʻtgan. Musiqa ham koʻp asrlardan beri bastalanadi.

Barcha qadimiy madaniyatlar — xitoy, hindu, misrliklar, ossuriyaliklar va yahudiylarning barchasida musiqa boʻlgan. Ularning aksariyati biznikiga oʻxshamagan. Yunonlar notalarni zamonaviy gammalarni eslatadigan shaklda birlashtirib, murakkab musiqani oʻylab topgan. Ularni qayd etish uchun soʻzlarning boʻgʻinlari ustiga alifbo harflarini yozishgan. Musiqaning rivojlanishida uni yunonlardan qabul qilib olgan rimliklardan soʻng xristian cherkovi katta rol oʻynagan. Avliyo Ambroz va avliyo Gregoriy “oddiy qoʻshiq” deb nomlanuvchi musiqa uslubiga asos solgan. Bu joʻr boʻlib kuylash edi. Mazkur usul qadimgi yunonlar tomonidan ishlab chiqilgan, notalar birin-ketin ergashib keladigan usulga toʻliq mos boʻlgan. Taqvodorlar musiqa bastalashni ham oʻrgangan. Musiqa bastalashning zamonaviy usuli ushbu tizimdan kelib chiqqan.

1600-yilda italiyalik bastakor va qo‘shiqchi Jakopo Peri “Evridika” deb nomlangan birinchi operani bastalagan. Keyinchalik Monteverdi kabi kompozitorlar nafaqat opera, balki skripka uchun instrumental musiqalarni ham bastalashni boshlagan. Musiqa saroy raqslari, karnaval va teatr tomoshalari uchun bastalangan. Bir muncha vaqt oʻtgach, biz hali ham musiqalaridan zavqlanadigan buyuk bastakorlar — Bax, Gendel, Gaydn, Motsart va Betxoven paydo boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!