20.02.2024
Odamning atrofida koʻrayotgan narsalarini suratga olishga boʻlgan intilishi bir necha asrlar mobaynida davom etgan. XI–XVI asrlarda fotokameraning oʻtmishdoshi — “kamera-obskura” deb nomlangan qurilma boʻlgan. Kamera-obskura yordamida tasvir qogʻozga proyeksiya qilingan va keyinchalik bu tasvir ustidan qalam bilan oʻtib, uning aniq nusxasini olish mumkin boʻlgan. 1802-yilda ikki ixtirochi — Uedjvud va Xamfri muhim kashfiyot qilgan. Ular kontaktli bosma yordamida shisha ustida chizilgan rasmlar siluetini azotli kumush qoplamali qogʻozga oʻtkazishga muvaffaq boʻlgan. Ammo ular bu tasvirlarni saqlash yoʻlini topa olmagan.
1816-yilda Jozef Nieps negativ tasvir olish imkonini beradigan kamera yaratgan. 1835-yilda esa Uilyam Talbot doimiy tasvirni olishga muvaffaq boʻlgan. Talbot birinchi boʻlib negativdan pozitiv tasvirni olgan, fotosuratlarni bosishni ishlab chiqqan, 1844-yilda fotosuratlar joylashtirilgan kitobni nashr etgan. Shu vaqtdan boshlab ushbu sohadagi ixtiro va takomillashtirishlar birin-ketin amalga oshirila boshlangan.
Keng ommaga maʼlum Kodak kamerasi 1888-yilda bozorga chiqqan. Zamonaviy fotografiya ana shu paytda boshlangan. Koʻpgina fotografik jarayonlar yorugʻlik taʼsirida azotli kumushning qorayishiga asoslanadi. Bu hodisa esa XVII asrda oddiy metallarni oltinga aylantirish usullarini qidirgan alkimyogarlar tomonidan kashf etilgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.