Birinchi suratlar qachon paydo bo‘lgan?

Zamonaviy rassomlarning aksariyati suratlarida atrofdagi dunyoni koʻrsatishga harakat qiladi. Ammo odamzod rasm chizishni boshlagan davrda oʻz oldiga faqat bir vazifani qoʻygan. Ming yillar oldin yashagan ibtidoiy odamlarning gʻorlarida hayvonlarning juda mohirlik bilan qoyaga oʻyib solingan rasmlari topilgan. Bu suratlar Yevropadagi odamlar tomonidan tosh asrida yaratilgan. Ming yillar oldin misrliklar dastlabki insoniyat sivilizatsiyalaridan birini yaratgan davrda ham suratlar haqiqiy hayotni aks ettirgan.

Misrliklar oxiratdagi hayotga ishongani uchun maqbaralari devorlariga hayotda duch kelgan hamma narsanining rasmini solishgan. Ularda erkak, ayol, hayvon bilan bolalar, qayiq va boshqa buyumlar tasvirlangan. Chamasi, xitoyliklardan tashqari, barcha davrlarning eng badiiy isteʼdodli odamlari miloddan avvalgi V asrda shon-shuhrat choʻqqisiga chiqqan qadimgi yunonlar boʻlgan. Ular oʻzlariga haykaltaroshlikda hayotni mukammal yoki ideal shaklda tasvirlashni maqsad qilib qoʻygan. Yaqin Sharqda paydo boʻlgan xristianlik sanʼatga katta oʻzgarishlar kiritgan. Qadimgi sanʼatning naturalizmi¹ yassi suratlar va ramziy tasvirlarga ega sharqona uslublar bilan almashdi.

Oʻrta asrlarda, taxminan V asrdan XV asrgacha freska va kitob illyustratsiyasi sanʼati rivojlangan. Freska toʻgʻridan-toʻgʻri hali qotmagan shuvoq ustiga chizilgani uchun, u quriganidan soʻng surat devorning ajralmas qismiga aylangan. Qoʻlyozma yoki kitoblar uchun illyustratsiyalarni rohiblar chizgan. Ular butun bir sahifani qoplaydigan jimjimador bosh harflar, surat va illyustratsiyalar yaratgan.


¹Naturalizm — XIX asrning 60-yillarida Yevropa va AQSh adabiyoti va sanʼatida yuzaga kelgan va realizmga qarama-qarshi oʻlaroq, voqelikni faqat tashqi tomondan aniq aks ettirishga ahamiyat bergan oqim.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!