Birinchi tangalar qachon zarb etilgan?
Birinchi tanga qachon ixtiro qilingan?
2 min
Tarix

Tanga — maʼlum bir ogʻirlikdagi metall boʻlagi. Har bir tanga qayerda chiqarilgani toʻgʻrisidagi belgiga ega. Birinchi tangalar miloddan avvalgi VII asrda lidiyaliklar tomonidan yasalgan. Ular Kichik Osiyoda yashagan boy va qudratli xalq boʻlgan. Ushbu birinchi tangalar 75 foiz oltin va 25 foiz kumushdan iborat qotishma — elektrondan yasalgan. Ular hajmi va shakli bilan loviyaga oʻxshagan va staterlar yoki standartlar deb atalgan. Bu tangalarni koʻrgan yunonlar ularning afzalliklarini yuqori baholab, oʻzlari ham tanga zarb etishni boshlagan.

Taxminan yuz yil oʻtgach, Yunoniston va Kichik Osiyoning koʻplab shaharlari, Egey dengizidagi orollar va va Sitsiliya, shuningdek, Italiya janubida oʻz tangalari paydo boʻlgan. Oltin tangalar eng yuqori baholangan. Qiymati bo‘yicha undan keyin kumush va nihoyat mis turgan. Yunonlar tangalarni taxminan 500 yil davomida chiqargan. Ulardan keyin bu gʻoyani rimliklar oʻzlashtirib, bu ishni yana 500 yil davom ettirgan. Keyin tanga yasash sanʼati tanazzulga yuz tutgan. Taxminan 500-yildan 1400-yilgacha tangalar yupqa va ko‘rimsiz boʻlgan.

Ammo XV asrga kelib tanga zarb qilish gullab-yashnagan. Tangalarga metall sarfi oshgan, tangalarga surat solish uchun isteʼdodli rassomlar jalb etila boshlangan. Britaniyadagi birinchi tangalar rimliklar bosqinidan oldin zarb etilgan. Normandlar istilosi davrida mamlakatda 70 ta zarbxona boʻlgan, ammo 1850-yilda Qirollik zarbxonasi yagona tanga ishlab chiqaruvchiga aylangan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!