20.02.2024
Benzinli dvigatelda ishlaydigan avtomobilni kim birinchi yaratganini aytish qiyin. Nemis millatiga mansub Gotlib Daymler oʻzining birinchi benzinli avtomobilini 1887-yilda qurgan; oʻsha yili ikki fransuz asosan ingliz avtomobillarining aksariyatida bizning davrimizga qadar saqlanib qolgan ulovchi mexanizm va uzatmalar qutisini patentlagan. Tabiiyki, hozirda baʼzi ingliz avtomobillarida avtomatik uzatmalar qutisi mavjud, ammo bu yangilik koʻproq Amerikada ommabop.
Ingliz avtomobilsozligining kashshofi F.U.Lanchester boʻlib, u oʻzining birinchi avtomobilini 1895-yilda ishlab chiqargan. Bu avtomobilning ikkita “zamonaviy” takomillashuvi pnevmatik shinalar va kegayli gʻildiraklar boʻlgan. Shu paytdan boshlab avtomobilning rivojlanishi juda tezlashgan. Dastlab avtomobil ishlab chiqarish uchun salohiyatli sarmoyadorlarning eʼtiborini jalb qilish qiyin kechgan. Yosh amerikalik ixtirochi Genri Ford arzon narxda sotish mumkin boʻlgan avtomobil modelini ishlab chiqqan.
Avtomobilsozlikning dastlabki davrlarida mashinalarni olishga faqat boylarning qurbi yetgan va Fordning tajribasi muvaffaqiyat qozongan. Bu dunyodagi eng yirik avtomobil zavodi — hammabop, nisbatan arzon, ishonchli mashinalarni ishlab chiqaradigan Ford zavodining barpo etilishiga olib keldi. Genri Ford avtomobilsozlik sanoatiga ikkita tamoyil — standartlashtirish va ommaviy ishlab chiqarishni kiritdi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.