20.02.2024
Karam juda qadimiy oʻsimlik boʻlib, undan oziq-ovqat uchun yaroqli koʻplab boshqa oʻsimliklar kelib chiqqan va ular orasida karam bilan aloqasi borligini taxmin qila olmaydiganlaringiz ham bor! Koʻp ming yillar oldin, karam Yevropaning dengiz qirgʻoqlarida oʻsadigan yorqin sariq gulli va burishgan bargli foydasiz oʻsimlik boʻlgan. Mana shu yovvoyi ajdoddan yuz ellikdan ortiq navdagi madaniy oʻsimlik kelib chiqqan.
Eng keng tarqalganlari — oddiy karam, xashaki karam, bryussel karami, gulkaram, brokkoli va kolrabi. Oddiy karamning markazdagi poyasi atrofida oʻsgan yaproqlari bir-biriga zich yopishib, katta, qattiq boshni hosil qiladi. Qizil va oq karam silliq barglarga ega. Yangi oq boshli karamni xom yoki qaynatilgan holda isteʼmol qilish mumkin.
Juda kattalashib ketadigan barglari bir-biridan alohida oʻsadigan xashaki karam yovvoyi karamga oʻxshaydi. Bryussel karami ham oq boshli, ham xashaki karamni eslatadi. Yirik oq karamning boshlariga oʻxshash kichik boshchalari poyaning asos qismida, katta va toʻliq ochilgan barglar tagidagi poyada oʻsadi.
Gulkaramning barglar emas, balki nafis hidga ega gul gʻunchalari isteʼmol qilinadi. Bu gʻunchalardan bir nechta erkin oʻsadigan barglar bilan oʻralgan qattiq massa oʻsib chiqadi. Gulkaramni yetishtirish juda qiyin boʻlgani sababli italiyaliklar brokkoli deb ataladigan oddiyroq navni yetishtirgan. Kolrabi poyasining tuproq yaqinidagi qismi qalinlashuvga ega boʻlib, aynan shu joyi hali yosh va mayin boʻlganda isteʼmol qilinadi.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.