20.02.2024
Bayroq nima? Bu matodan yasalgan ramz yoki belgi. Uni koʻtarib, silkitib va hilpiratib yurish mumkin. Biror bayroqni koʻtargan yoki osib qoʻygan odam shu tarzda maʼlum bir mamlakat yoki tashkilotga aloqador ekanini koʻrsatadi deb hisoblanadi. Chamasi, bayroq gʻoyasi ming yillar oldin qadimgi ovchi va jangchilar orasida paydo boʻlgan. Buni doʻstlari yoki dushmanlari ularni tanib, jangga yoki doʻstona uchrashuvga tayyor boʻlishi uchun qilishgan. Shuning uchun katta ehtimol bilan, birinchi bayroqlar hayvonlarning terisi yoki qush patlaridan yasalgan.
Qadimgi Misrda jangchilar tepasiga qush, hayvon yoki biror narsaning tasviri tushirilgan xoda koʻtarib yurishgan. Matodan yasalgan birinchi bayroqlar hindlar va xitoyliklarda paydo boʻlgan. Xitoyliklarda mato bayroqlar taxminan miloddan avvalgi 1100-yildayoq boʻlgan deb taxmin qilinadi. Rim askarlari ham dastlab xodalarda turli xil hayvonlarning tasvirlarini olib yurishgan. Keyinchalik ularda ham mato bayroqlar paydo boʻlgan.
Oʻrta asrlarda bayroqlar Yevropada keng tarqalgan. Diniy urushlar paytida salibchilarning oʻz bayroqlari boʻlgan. Qirollik oilalari va zodagonlarning ham oʻz bayroqlari boʻlgan. Bu bayroqlarga sulolaning oʻziga xos belgilari qoʻyilgan. Chamasi, qizil fonda oq xoch chizilgan Daniya bayrogʻi eng qadimgi davlat bayrogʻi boʻlsa kerak. Afsonaga koʻra, u 1219-yilda paydo boʻlgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.