Birinchi kanallarni kim qurgan?

Miloddan avvalgi V asrda xitoyliklar Xanchjovan va Pekin oʻrtasidagi Buyuk Xitoy kanalini qurish ishlarini boshlagan. Uning umumiy uzunligi 1600 kilometrni tashkil etgan. Bu dunyodagi eng qadimgi hisoblangan kanalning asosiy qismi milodiy XIII asrda qurilgan. Taxminan miloddan avvalgi 2000-yilda misrliklar Nilni Qizil dengiz bilan bogʻlaydigan va hozirgi Suvaysh kanalining oʻtmishdoshi boʻlgan kanalni qurgan.

Keyinchalik Dajla va Firot oʻrtasidagi shoh kanali Bobil hukmdori Navuxadnazar davrida qurilgan. Rimliklar ham imperiyasining koʻplab burchaklarida kanallar qurgan. Taxminan VIII asrda, Buyuk Karl davrida Reyn, Maas va Dunayni bogʻlaydigan kanallar tizimi qurilishi boshlangan.

Keyinchalik Italiya, Fransiya, Belgiya va Yevropaning boshqa mamlakatlarida kanal tarmoqlari kengaytirildi. XVIII asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniyada ko‘mir va boshqa yuklarni tashish uchun moʻljallangan kanallar soni koʻpaydi. Ularni qurilishi XIX asrning 20-yillarida temir yoʻllar paydo boʻlganiga qadar avvalgi surʼatlarda davom etdi. Manchester kemachilik kanali qirgʻoq bilan undan uzoq shaharni kanal qanday bogʻlashiga yaxshi misoldir.

1759–1830-yillarda Angliyada kamida 4790 mil uzunlikda kanallar qurilgan. Koʻpchilik kanallarga sarmoya kiritgan, kanallarga egalik qilgan baʼzi kompaniyalar esa yuqori dividendlar toʻlagan. Qadimda qayiqlar kanal boʻylab qoʻl bilan tortilgan yoki itarilgan, keyinchalik esa yuklangan kemani tortish uchun qirgʻoq boʻyidagi yoʻlakcha boʻylab yuradigan ot va xachirlardan foydalanish boshlangan.

Bugungi kunda qayiqlar kanallar boʻylab oʻz dvigatellari yordamida harakatlanadi yoki otlar yordamida tortiladi. Shlyuzlar ixtiro qilinishidan oldin kanallar faqat tekis joylarda qurilishi mumkin boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!