20.02.2024
Hozirgi davrning deyarli barcha tillari dastlabki kelib chiqish tiliga ega. Ushbu dastlabki til barcha hosilalari bilan til “oilasini” tashkil qiladi.
Ingliz tili hind-yevropa tillari guruhiga kiradi. Unga shuningdek fransuz, italyan, nemis, norveg va yunon tillari ham kiradi
Hind-yevropa guruhida turli xil kichik guruhlar mavjud boʻlib, ingliz tili gʻarbiy-tevton kichik guruhiga kiradi. Aslida, ingliz tilining kelib chiqishi 5-asrning oʻrtalarida, Shimoliy dengiz tomondan kelgan kelgindilarning hozirgi Buyuk Britaniyaning butun hududi va Kelt qabilalarini bosib olgan paytdan boshlanadi.
Qulaylik uchun ingliz tili tarixi uchta asosiy davrga boʻlinadi: qadimgi ingliz (anglo-sakson) tili — 400–1100 yillar; oʻrta ingliz tili — 1100–1500 yillar; zamonaviy ingliz tili —1500 yildan hozirgi kungacha.
Dastlab Angliyada kelt tilida gaplashishgan. Biroq, orollarning anglo-sakson istilosidan soʻng zamonaviy ingliz tilida juda kam kelt soʻzlari qoldi.
Anglo-saksonlar turli shevalarda gapirishgan. Keyinchalik normanlar istilosidan keyin tilda Skandinaviya tilining elementlari paydo boʻldi. Nemis tillariga mansub bu til ingliz tiliga ham taʼsir koʻrsatdi.
1066-yilda Uilyam Istilochi Normand fransuz tilini oʻz saroyining rasmiy tili deb eʼlon qildi. Dastlab, “normand” tili aholining eng badavlat qatlamlari orasida tarqaldi. Asta-sekin bu til boshqa joylarga ham keng tarqala boshladi va anglo-sakson tilidan farq qiladigan yangi til paydo boʻldi. Ushbu til zamonaviy ingliz tilining asosi boʻldi.
What is the capital of Great Britain?
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.