Birinchi politsiya qachon paydo bo‘lgan?
Birinchi politsiya qachon paydo bo'lgan?
2 min
Tarix

Oldingi davrdagi politsiya xodimlari Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi koʻplab mustaqil politsiya tashkilotlariga tegishli edi. Endilikda esa AQShda turli sohalarda tergov olib boradigan va maʼlum bir jinoyat turiga ixtisoslashgan 40 000 ta boʻlinma mavjud. Fransiyada ichki ishlar vazirligi butun mamlakat boʻylab politsiyani bevosita boshqaradi, shuningdek, bu jarayon shahar politsiyasining ishi bilan ham bilvosita bogʻliqdir.

Ushbu tashkilotning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Yozma tarix yuzaga kelmasidan oldingi davrda ham qadimgi qabilalarning sardorlari odamlar orasida tinchlik va osoyishtalikni saqlab, ularni maʼlum qoidalarga rioya qilishlarini taʼminlash uchun toʻda aʼzolaridan masʼullarni tayinlagan. Misr firʼavnlari ham shunday qilishgan — ular oʻz askarlaridan politsiyachi sifatida foydalanishgan.

Eramizning boshida Avgust Sezar Rim shahrida politsiya guruhini tashkil qilgan. Bu guruh 350 yil davomida mavjud boʻlgan. Uning vazifasi imperator koʻrsatmalarining bajarilishini nazorat qilish edi.

Milodiy 700–800-yillar oraligʻida politsiya bilan bogʻliq yangi gʻoya paydo boʻlgan. Politsiya odamlarga qarshi koʻrsatmalarning bajarilishini nazorat qilish oʻrniga qonun va odamlarni himoya qilishga chaqirilgan. Ushbu gʻoya Angliyada va keyinchalik AQShda politsiya tashkilotlarining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi.

Ingliz politsiyasi “uzluksiz hushyorlik” tamoyilidan foydalangan. Baʼzi hududlarda tunda soqchilar guruhi, kunduzi esa qoʻriqchilar faoliyat yuritgan. Ushbu tizim AQShdagi mustamlakachilar tomonidan oʻzlashtirilgan. Tungi soqchilar sifatida konstebllar — 16 va undan katta yoshdagi baquvvat erkaklar mutlaqo bepul ishlaganlar. Baʼzi hududlarda ushbu tizimdan XIX asrning boshlariga qadar foydalanilgan.

Bugungi kunda Londonda Metropoliya politsiyasi boshligʻi boʻlgan komissar ichki ishlar vaziriga hisobot beradi, yaʼni hukumat uni toʻgʻridan-toʻgʻri nazorat qiladi. Londondan tashqarida deyarli har bir graflik va uning tarkibidagi har bir shaharcha mahalliy hokimiyatga boʻysunadigan oʻz politsiya boʻlinmasiga ega. Mahalliy politsiya maʼlum darajada mustaqil hisoblansa-da, u baribir markaz oldida hisobot beradi.

Qonunlarga rioya qilish va jamiyatda tartibni saqlash har bir mamlakatda tinchlik hamda oʻzaro tenglikni saqlashda asosiy omil hisoblanadi. Siz ham Konstitutsiyamiz va jamiyat qoidalarini yaxshi oʻrganishingiz hamda unga amal qilishingiz kerak. Bunda sizga ota-onangiz va oʻqituvchilaringiz yordam berishadi.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!