Nega Yangi yilni nishonlaymiz?

Yangi yil bayrami dunyodagi eng qadimiy urf-odatlardan biridir. Bu qachon boshlangan? Baʼzilarning fikriga koʻra, bu bayramni birinchi boʻlib xitoyliklar nishonlagan, boshqalar buni qadimgi germanlar, ayrimlar esa rimliklar boshlagan deb hisoblaydi. Biz esa xitoyliklar har doim yangi yilni bizga nisbatan kechroq va bir necha kun davom etadigan katta bayram shaklida nishonlashini bilamiz.

Qadimgi germanlar Yangi yilni nishonlashni fasllarning oʻzgarishi sababli oʻrnatgan. Germanlarda qish hosilni yigʻib olish vaqti boʻlgan noyabr oyining oʻrtalarida boshlangan. Bu vaqtda hamma yigʻilib, oʻrim-yigʻimdan keyin ishdan dam olishlari imkoni tugʻilgani sabab bayram uyushtirishgan. Bu noyabr oyi boʻlsa-da, buni yangi yilning boshlanishi deb hisoblashgan!

Yevropani zabt etgan rimliklar bayramni birinchi yanvarga koʻchirgan. Ular uchun Yangi yil yangi hayotning boshlanishi va kelajakka umid ramzi boʻlgan. Yangi yilni nishonlash odati va ushbu bayramning ahamiyati bugungi kungacha oʻzgarishsiz qolmoqda. Biz Yangi yilni quvonch bilan nishonlab, oʻzi bilan yaxshi yangi hayot olib kelishiga umid qilamiz!

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!