To‘g‘nag‘ichlar qanday paydo bo‘lgan?
To'g'nag'ichlar qanday paydo bo'lgan?
2 min
Tarix

Agar toʻgʻnagʻichlar qanchalik koʻp maqsadlarda ishlatilishini eslasak, odamlar bir vaqtlar ular yordamisiz qanday uddalaganiga hayron boʻlishimiz mumkin. U yoki bu shakldagi, birorta materialdan yasalgan toʻgʻnagʻichlar odamlar tomonidan qadim zamonlardan beri ishlatilgan.

Chamasi, eng qadimgi turdagi toʻgʻnagʻichlar oʻsimlik tikanlaridan yasalgan. Baʼzi tillardagi “toʻgʻnagʻich” soʻzi “tikan” yoki “tikanak” maʼnosidagi lotincha soʻzdan kelib chiqqani bejiz emas. Keyinchalik odam toʻgʻnagʻichlarni hayvon yoki baliq suyaklaridan yasashni boshlagan.

Neolit davrida toʻgʻnagʻichlarni bronzadan yasashni boshlashgan. Ingliz toʻgʻnagʻichi deb ataladigan yoki unga juda oʻxshash xavfsiz toʻgʻnagʻich hozirgi Yevropa hududida bronza davrining oxiriga kelib, taxminan miloddan avvalgi 1000-yillarda ishlatilgani ajablanarli tuyulishi mumkin. U bronzadan yasalgan boʻlib, juda kichik boʻlgan va egilib, ignasining uchi boshchasi tagiga mahkamlangan. Qadimgi davrlarda Yevropada toʻgʻnagʻichlar kiyimlarni bir-biriga biriktirishdan koʻra koʻproq bezak uchun ishlatilgan. Biz bilgan shakldagi toʻgʻnagʻichlar taxminan XV asr oxirida ishlab chiqarila boshlangan. Oʻsha paytda ular qimmatbaho narsa hisoblanganki, toʻgʻnagʻichlar toʻplami hatto ajoyib yangi yil sovgʻasi sifatida qabul qilingan. Baʼzan toʻgʻnagʻichlar oʻrniga ularning qiymatiga teng miqdorda pul berilgan. Shu sababli ingliz tilida “toʻgʻnagʻich puli” iborasi paydo boʻlgan.

Zamonaviy turdagi birinchi toʻgʻnagʻichlarni fransuzlar yasab, ularni Angliyaga ham olib borgan. Koʻp oʻtmay Angliyada ham ajoyib toʻgʻnagʻichlarni yasay boshlashgan. 1775-yilda Shimoliy Amerika koloniyalarining mintaqaviq kongressi sifati Angliyadan olib kelinadiganlarga teng boʻlgan birinchi 300 ta toʻgʻnagʻich ishlab chiqarganga beriladigan mukofot tashkil qilinganini eʼlon qilgan!

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!