G‘isht ilk bor qachon ishlatilgan?

Agar sizdan inson ishlab chiqargan chidamli qurilish materialini aytishingiz soʻralsa, katta ehtimol bilan gʻisht desangiz kerak. Shunday boʻlsa ham kerak, chunki gʻisht granit, ohaktosh va hatto temirdan bardoshli! Gʻisht yetarlicha zamonaviy qurilish materiali boʻlib, butun dunyoda qoʻllanadi. Ammo shu bilan birga, gʻisht sivilizatsiyaning tengdoshidir! Bobillik va misrliklar miloddan avvalgi 3000 yil oldin ham gʻisht yasab, qurilish uchun ishlatgan. Arxeologik qazishma ishlari davomida olingan materiallarga koʻra, gʻisht undan ham oldinroq boʻlgan degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Qadimda gʻisht tayyorlash juda mushkul ish boʻlgan. U loy yoki gilli slanetsdan tayyorlanib, yuqori haroratda pishirilgan. Ishchilar loyni hech qanday mexanizmlardan foydalanmasdan yalang oyoqlari yordamida ezib, suv bilan aralashtirgan. Mustahkamligini oshirish uchun xom loyga maydalangan somon qoʻshilgan. Keyin aralashmadan qoʻlda turli xil shakldagi gʻishtlar tayyorlanib, quritish uchun quyoshga qoʻyilgan.

Olovda pishirilgan loy gʻishtning mustahkamligini oshirib, namlikka ancha chidamli qilishi maʼlum boʻlgunga qadar, koʻp yillar davomida ushbu usuldan foydalanilgan. Somon qoʻshishga hojat qolmagan. Quyoshda quritilgan gʻishtlar Angliya uchun yaroqsizdir, ammo issiq iqlimli Yaqin Sharq mamlakatlarida bunday gʻishtlar shu qadar mustahkam boʻlib chiqdiki, qadimgi Bobil inshootlaridagi gʻishtlarning bir qismi hozirgi kungacha saqlanib qolgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!