20.02.2024
Koʻpgina urf-odatlarning kelib chiqishini aniqlash oson emas, lekin bu odat ertak kabi oʻz hikoyasiga ega! Ancha yillar oldin gollandiyalik bir goʻzal qiz tegirmonchiga turmushga chiqmoqchi boʻlgan. Tegirmonchining puli kam boʻlsa ham, kambagʻallarga un va non tarqatgani uchun uni hamma yaxshi koʻrgan.
Qizning otasi toʻyga qarshi boʻlgan va qizi tegirmonchiga turmushga chiqadigan boʻlsa, unga hech qanday sep-sidirgʻa bermasligini aytgan. Buni eshitgan tegirmonchining doʻstlari qizga yordam berishga qaror qilishgan. Ularning hech birida katta mablagʻ boʻlmasa-da, kambagʻal tegirmonchi bilan goʻzal qiz nihoyat turmush qurishi uchun har biri qandaydir sovgʻa qilishga kelishib olishadi. Ular yigʻilib, sovgʻalar bilan qizning uyiga borishgan. Ayrimlari oshxona uchun idish-tovoq, boshqalari esa dasturxon va chiroq kabi roʻzgʻor uchun kerakli har xil buyumlarni olib kelgan. Sovgʻalar bilan koʻmib tashlangan goʻzal qiz nihoyat sevgan kishisiga turmushga chiqqan! Birinchi toʻyona sovgʻalar shunday boʻlgan, ularni sovgʻa qilish odati esa haligacha saqlanib qolgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.