To‘y pirogi qachon paydo bo‘lgan?

Toʻy pirogi tarixi Rim imperiyasi davridan boshlanadi. Zodagon oilalardagi nikoh marosimlarida kelin-kuyov nafaqat oʻzlari iste’mol qilgan, balki mehmonlarni ham siylagan oʻzgacha pirogni koʻrish mumkin boʻlgan. Aytishlaricha, farovonlik belgisi sifatida bu pirog kelinning boshi uzra sindirilgan. Bu farovonlik uning hayotida ham boʻlishi uchun mehmonlarning har biri ham bu pirogdan bir boʻlakdan olgan.

Dunyoning koʻplab xalqlarining nikoh marosimlarida ham pirog boʻladi. Baʼzi amerikalik hindularda kelinning kuyovga sovgʻa qiladigan maxsus pirogini tayyorlash odati bor.

Yevropada mehmonlar toʻyga bulochkalar olib kelib, ularni stol ustida katta uyum qilib qoʻyishgan. Kelin va kuyovlarning baxt keltirsin degan niyat bilan bu bulochkalar osha boʻsa olish odati boʻlgan.

Aytishlaricha, Angliya boʻylab sayohat qilgan fransuz oshpazlaridan biriga bu uyumni bitta massaga birlashtirish degan gʻoya kelgan… Shu tarzda hozirgi toʻy pirogi paydo boʻlgan.

Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.

Eng so‘nggi maqolalarni o‘tkazib yubormang!
Telegram kanalamizni kuzatib boring!