20.02.2024
Uy bu — odam yashaydigan joy bo‘lib, dastlab insoniyat ham boshqa tirik mavjudotlar singari duch kelgan joyda boshpana qidirgan. Odamlar yaxshi himoyalangan joy topib, uni “uy” deb hisoblagan. Keyin oʻz uyini turli yo‘llar bilan yaxshilay boshlagan. Biz qaysi biri birinchi paydo boʻlganini bilmaymiz, lekin dastlabki uylar gʻorlar va daraxtlarda yasalgan inshootlar boʻlgan. Issiq hududlardagi ibtidoiy odamlar daraxtlarda yashashi mumkin edi. Ular novdalarni maʼlum bir karkas shaklida egib, ularni bogʻlagan yoki toʻqigan. Keyin bir-birining ustiga qoʻyilgan oʻtlardan tom yasalgan. Bunday uyda odam quyosh, yomgʻir, suv toshqini va daraxtlarga chiqa olmaydigan yovvoyi hayvonlardan himoyalana olgan.
Ammo sovuq iqlimda bunday boshpana uy uchun yaroqsizdir. Shuning uchun odamlar gʻorlardan foydalanib, kirish joyiga gulxan yoqqan. Chamasi, odam qurishning birinchi koʻnikmalarini gʻorning kirish joyiga toshlardan devor qurish orqali olgan. Keyingi qadam odamzod togʻ yonbagʻrida tuynuk ochib, gʻor yasaganida boʻlgan.
Keyingi bosqich — yerda tabiiy tuynukni topib, atrofini toshlar bilan oʻrash boʻlgan. Dunyoning turli burchaklarida tuzilishi boʻyicha mahalliy iqlimga eng mos uylar qurish boshlangan. Yevropadagi birinchi toʻrtburchak uy (dumaloq uy oʻrniga) burchaklari ustunlarga ega inshoot boʻlgan; ustunlar orasidagi joy yosh daraxtlarning poyalaridan toʻqilgan devor bilan toʻldirilgan.
Matnda xato topdingizmi? Kerakli matnni belgilang va CTRL+ENTER tugmalarini bosing.